Adizova Aziza Jo‘raqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastiklik nazariyasi asosida iplarning mexanikaviy parametrlarini aniqlash (Opredelenie mexanicheskix parametrov nitey na osnove teorii vyazkouprugosti)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T1644
Ilmiy rahbar: Mavlanov Tulkin, texnika fanlari doktori , professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash asosida tashkil qilingan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor.Ismayilov Kubaymurat – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi – murakkab texnologik jarayonda ishlayotgan iplarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini modellashtirish va shu modellarga mos keluvchi matematik modellar yaratish, ularga kiruvchi parametrlarning ratsional qiymatlarini aniqlash, iplarning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini bashoratlash hamda xossalari oldindan berilgan yangi materiallar yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuchlanish-deformatsiya-vaqt analoglari prinsiplarini rivojlantirish natijasida hamda oquvchanlik egri chiziqlarini o‘xshashlik gipotezasiga ko‘ra ipning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati matematik modellashtirilgan;
ilk bora iplar uchun qurilgan matematik modelga ta’sir funksiyasining yadrosi sifatida kiritilgan umumiy xarakterga ega bo‘lgan tajribalar asosida osonlik bilan aniqlanadigan to‘rt parametrli yadrodan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
iplarning mexanik xususiyatlarini to‘rt parametrli yadro orqali ifodalashdagi natijalar uch parametrli Koltunov-Rjanisin yadrosi orqali olingan natijalardan aniqlik darajasi 12% gacha yoqori bo‘lishi topilgan;
qovushqoq-elastiklik xususiyatlariga ega bo‘lgan iplarining bo‘ylama, ko‘ndalang va buralma tebranma harakatlarining integro-differensial tenglamalari olingan va bu tenglamalarni echish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovushqoq-elastiklik nazariyasi asosida iplarning mexanikaviy parametrlarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
ipda hosil bo‘ladigan deformatsiyani vaqt birligi ichidagi o‘zgarish qonuniyati, yuklanishlarning har xil tezliklarda amalga oshirilishida ip va to‘qimaning qovushqoqlik - elastiklik xususiyatlarini aks ettiruvchi mexanik parametrlarini tezkorlik bilan aniqlash usullari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi “MERGAN TEKS” MChJ va “Kamalak Shabnam Teks” MChJ (Buxoro viloyatidagi “MERGAN TEKS” MChJ korxonasining 27.10.2023 yildagi ma’lumotnomasi va “Kamalak Shabnam Teks” MChJ korxonasining 24.11.2023 yildagi ma’lumotnomasi) korxonalarida paxta va sintetik tolalardan tashkil topgan ip ishlab chiqarishda joriy etilgan. Natijada, qovushqoqlik xususiyatini hisobga olish natijasida iplardagi ko‘chish hamda kuchlanishlarning 10-12% kamayishiga va ularning harakatining stabillashiga, shuningdek, iplarni mustahkamligi va gazlamalarning yuza sirti tekisligi hamda ishqalanishga chidamlilik ko‘rsakichlarini 5-8% oshishiga erishilgan;
materialning anizotrop va nostabillik xususiyatlarini aniqlashda qovushqoq-elastiklik nazariyasi asosida ilmiy ishda tavsiya etilgan integral modellaridan, ishlab chiqarish jarayonida tashqi va ichki kuchlar ta'siridagi ipning tebranma harakatini xarakterlovchi barcha parametrlarini, jumladan, tebranma harakat amplitudasi, chastotasi va kuchni aniqlashda ilmiy ishda keltirilgan formulalardan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi “Al-Hakim Plyus” MChJ (“Al-Hakim Plyus” MChJ korxonasi, 26.12.2023 yildagi ma’lumotnomasi) korxonasida tabiiy va polimer tolalardan tashkil topgan iplarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini oshirishda foydalanildi. Natijada, ip va to‘qimaning tebranma harakati uning qovushqoqlik xususiyatini hisobga olishlik to‘qimada hosil bo‘ladigan tebranma harakat amplitudasining kamayishi hisobiga tebranma harakat stabillashadi hamda ipda hosil bo‘ladigan taranglik kuchi 12-16 % ga kamayish imkonini bergan.