Nurmuxamidova Muxtabar Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlashtirish sharoitida xotin-qizlar bandligini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini takomillashtirish”. 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2231
Ilmiy rahbar: Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/06.06.2024.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi mehnat bozorida xotin-qizlarning bandligini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ayollar savodxonligi va bandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni institutsional va operativ chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda uni boshqarishni baholashda inson kapitalining sifat ko‘rsatkichi, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “xotin-qizlarning raqamli ko‘nikma va malakalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiy mustaqillik va jamiyatdagi faol ishtirokni kuchaytirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayollar raqamli malakasini axborot savodxonligi, raqamli xavfsizlik, onlayn ta’lim va masofaviy ishlash imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarida ishtirok etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida ayollarga to‘landigan ish haqining o‘rtacha darajasi, mehnat xavfsizligi, kafolatlangan bandlik, ijtimoiy faollik, yangi kasbga moslashish kabi jihatlarni umumlashtiruvchi xotin-qizlar bandligi sohasida munosib mehnatning integral ko‘rsatkichining “yuqori daraja” (Xmmk >0,8), “o‘rtachadan yuqori daraja” (Xmmk = 0,61 - 0,79), “o‘rtacha daraja” (Xmmk = 0,4 - 0,6), “past daraja” (Xmmk < 0,4) qiymatlariga muvofiq ayollarning samarali bandligini ta’minlash imkoniyatlari asoslangan;
xotin-qizlar bandligiga ta’sir qiluvchi tanlab olingan o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi omilli bog‘lanishlarni ekonometrik modellashtirish asosida O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta’minlashning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Raqamlashtirish sharoitida xotin-qizlar bandligini qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “ayollar savodxonligi va bandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik” tushunchasining iqtisodiy mazmunini institutsional va operativ chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda uni boshqarishni baholashda inson kapitalining sifat ko‘rsatkichi, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy tarbiya nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 30 dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va professional kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan ayollar savodxonligi va bandligi o‘rtasidagi bog‘liqlikning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “xotin-qizlarning raqamli ko‘nikma va malakalari” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, iqtisodiy mustaqillik va jamiyatdagi faol ishtirokni kuchaytirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayollar raqamli malakasini axborot savodxonligi, raqamli xavfsizlik, onlayn ta’lim va masofaviy ishlash imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarida ishtirok etish nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy tarbiya nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil, 30 dekabrdagi 429-sonli buyrug‘i) Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda ayollar raqamli malakasini axborot savodxonligi, raqamli xavfsizlik, onlayn ta’lim va masofaviy ishlash imkoniyatlaridan foydalanish, raqamli tadbirkorlik va innovatsiya jarayonlarida ishtirok etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan xotin-qizlarning raqamli ko‘nikma va malakalari bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida ayollarga to‘landigan ish haqining o‘rtacha darajasi, mehnat xavfsizligi, kafolatlangan bandlik, ijtimoiy faollik, yangi kasbga moslashish kabi jihatlarni umumlashtiruvchi xotin-qizlar bandligi sohasida munosib mehnatning integral ko‘rsatkichining “yuqori daraja” (Xmmk >0,8), “o‘rtachadan yuqori daraja” (Xmmk = 0,61 - 0,79), “o‘rtacha daraja” (Xmmk = 0,4 - 0,6), “past daraja” (Xmmk < 0,4) qiymatlariga muvofiq ayollarning samarali bandligini ta’minlash imkoniyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida yaratilgan shart-sharoitlarni baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 01/00-03/10-11310-son ma’lumotnomasi). Ushbu mezonlarning amaliyotga joriy qilinishi hududlarni bandlik borasidagi faoliyatini guruhlash imkoniyatini bergan;
xotin-qizlar bandligiga ta’sir qiluvchi tanlab olingan o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi omilli bog‘lanishlarni ekonometrik modellashtirish asosida O‘zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta’minlashning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan istiqbolli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 7 noyabrdagi 01/00-03/10-11310-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi milliy bandlik dasturlarining samaradorlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.