Muminova Gulchexra Ismailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Ustrushona kulollik hunarmandchiligining tarixiy tahlillari (Jizzax vohasining antik va ilk o‘rta asrlar materiallari asosida), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Tar.561
Ilmiy rahbar: Pardaev Muxtorqul Hasanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Hasanov Akram Muminovich; tarix fanlari nomzodi, dotsent Qudratov Solijon Sulaymonovich. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Antik va ilk o‘rta asrlar davri Ustrushona vohasining sopol idishlari majmualarini tarixiy tadqiq etish asosida hunarmandchilikdagi mahalliy innovatsiyalar, ixtisoslashuv va madaniy integratsiya jarayonlarini so‘nggi tadqiqotlarda qo‘lga kiritilgan natijalar asosida tizimli o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Ustrushona  vohasining hunarmandchilik sohasida kulollikka oid tarixiy materiallarini shu kungacha o‘rganilganlik darajasi  tahlil qilinib,  yangi tarixiy, madaniy va uslubiy xulosalar chiqarilib, antik va ilk o‘rta asr kulollik hunarmandchiligi ashyolari  kompleks chuqur o‘rganilib, mazkur moddiy madaniyat namunalarining keng qamrovli funksional tipologiyasi aniqlashtirildi;
Ustrushona hunarmandchiligining kulollik turi bo‘yicha  antik va ilk o‘rta asrlarda sopol idishlarining kundalik turmush tarzidagi funksiyalari aniqlandi, ularning yasalish texnologiyasi, sohada qo‘llanilgan ularning yasalish texnologiyasi, bezak shakllari, ranglar, motivlar tahlil qilindi va shunga muvofiq Jizzax vohasi hunarmandchiligida kulollikning tutgan muhim  o‘rni ilmiy  asoslandi;  
Ilk antik davrda Ustrushona aholisining shaharlashuvi, demografik o‘sish jarayonlari natijasida mazkur tarixiy madaniy o‘lkada Eski Xovos, O‘rdatepa, Qaliyatepa, Oydinsoytepa, Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorliklari  vujudga kelganligi, bu davrda shahar madaniyati va ishlab chiqarishga sharqdan Farg‘ona (Eylaton madaniyati)ning, g‘arbdan  Sug‘d (Afrosiyob II) ning, shimoldan  O‘rta Sirdaryo  chorvador aholisi (Qovunchi  madaniyati) ning ma’naviy va moddiy madaniyatga, xususan kulollik xunarmandchiligiga  ta’siri sezilarli darajada kuchayganligi isbotlandi. 
Ustrushonaning cho‘l – dasht mintaqalari bilan tutash shimoliy – g‘arbiy sarhadlari qadimda, ayniqsa ilk o‘rta asrlarda o‘troq – dehqon va ko‘chmanchi chorvador xalqlar uchun “retryanslyator zona”, “kontakt makon” bo‘lganligi mavjud ashyoviy namunalar, xususan  kulollik mahsulotlari  orqali asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ustrushona kulollik hunarmandchiliging tarixiy tahlillari (Jizzax vohasining antik va ilk o‘rta asrlar materiallari asosida) mavzusi bo‘yicha bajarilgan tadqiqot yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Ustrushona  vohasining hunarmandchilik sohasida kulollikka oid tarixiy materiallarini shu kungacha o‘rganilganlik darajasi  tahlil qilinib,  yangi tarixiy, madaniy va uslubiy xulosalar chiqarildi, antik va o‘rta asr kulollik hunarmandchiligi ashyolari har tomonlama, chuqur o‘rganilib, mazkur moddiy madaniyat namunalarining keng qamrovli xronologik tipologiyasidagi arxeologik ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 8-noyabrdagi 02-31-1678 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy yangiliklarini  qo‘llanilishi natijasida, Ustrushona  vohasining hunarmandchilik sohasida kulollikka oid tarixiy materiallarini shu kungacha o‘rganilganlik darajasi  tahlil qilinib,  yangi tarixiy, madaniy va uslubiy xulosalar chiqarildi, antik va o‘rta asr kulollik hunarmandchiligi ashyolari har tomonlama, chuqur o‘rganilib, mazkur moddiy madaniyat namunalarining keng qamrovli xronologik tipologiyasidagi arxeologik ma’lumotlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rsatuv mazmunini o‘rganishda hal qiluvchi ro‘l o‘ynagan;
Ustrushona hunarmandchiligi tarixining kulollik turi bo‘yicha  antik va ilk o‘rta asrlarda sopol idishlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, xumdonlar, ko‘zalar, qozonlar, kulollik asboblari, sohada qo‘llanilgan bezak shakllari, ranglar, motivlar haqidagi ma’lumotlardan  O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 8-noyabrdagi 02-31-1678 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy yangiliklarini  qo‘llanilishi natijasida, Jizzax vohasi hunarmandchiligida kulollikning tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlarga yangi manbalar asosida etkazish orqali ko‘rsatuv saviyasini yanada oshishiga xizmat qilgan.
Ustrushona kulollik hunarmandchiligining tarixiy tahlillari (Jizzax vohasining antik va ilk o‘rta asrlar materiallari asosida)  o‘rganishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining   2024 yil 29 martdagi 01-19/1-29-03-24 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ilk antik davrda Ustrushonada aholisining shaharlashuvi, demografik o‘sish jarayonlari natijasida mazkur tarixiy - madaniy o‘lkada Eski Xovos, O‘rdatepa, Qaliyatepa, Oydinsoytepa, Qo‘rg‘ontepa shahar yodgorliklari  vujudga kelganligi, bu davrda shahar madaniyati va ishlab chiqarishga sharqdan Farg‘onaning, g‘arbdan  Sug‘dning, shimoldan Qovunchi  madaniyatining kulollik xunarmandchiligida  ta’siri sezilarli darajada bo‘lganligi dalillangan.
Ustrushonaning cho‘l – dasht mintaqalari bilan tutash shimoliy – g‘arbiy sarhadlari qadimda, ayniqsa ilk o‘rta asrlarda o‘troq – dexqon va ko‘chmanchi chorvador xalqlar uchun “retryanslyator zona”, “kontakt makon” bo‘lganligi mavjud ashyoviy manbalar (kulollik idishlari tarixi) haqidagi ma’lumotlardan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2023-yil 23-martdagi 01-25/03.23 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada kulolchilikka bag‘ishlangan ko‘rgazmalar va boshqa ommaviy tadbirlar chog‘ida milliy madaniy merosimizni yanada keng va chuqur targ‘ib qilishda fond va uning joylardagi bo‘limlarini  boyitishga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish