Mamajonov Dilshod Sobirovichning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda qayta qurish davrida madaniy hayot (1985–1991)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar21.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Madjidovich, tarix fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Maxkamova Nodira Raxmonovna, tarix fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qayta qurish davrida O‘zbekistondagi madaniy hayotning o‘ziga xosligi va xususiyatlarini kompleks tarzda har tomonlama o‘rganish hamda zamonaviy konseptual yondashuvlar asosida ochib berishdan iborat.

IIITadqiqotning ilmiy yangiligi: 

XX asrning 80-yillarida sobiq sovet ittifoqida mavjud bo‘lgan iqtisodiy-ijtimoiy muammolar va mafkuraviy tazyiqning saqlanib qolishi, madaniyatni siyosatlashtirish, sohani moliyalashtirishdagi muammolarni O‘zbekistondagi madaniy jarayonlarga ko‘rsatgan salbiy ta’siri aniqlangan;

“qayta qurish” davrida O‘zbekistonda milliy ongning o‘sishi, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni aholi orasida keng targ‘ib qilish natijasida yuzaga kelgan faol madaniy muhitning o‘ziga xos jihatlari hamda respublika ziyolilarining bu boradagi faoliyati ochib berilgan;

milliy madaniyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi jarayonida hokimiyat va jamiyat, ziyolilar va boshqa ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi siyosiy va mafkuraviy ziddiyatlar tarixiy faktlar asosida ko‘rsatib berilgan;

“qayta qurish” davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarning O‘zbekiston adabiyoti, teatr va kinomatografiya rivojiga ta’siri ko‘rsatib berildigan, shuningdek bu jarayonda kommunistik mafkura va milliylik o‘rtasidagi yuzaga kelgan ziddiyatning murakkab jihatlari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda qayta qurish davrida madaniy hayot  mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

O‘zbekistonda sovet madaniy siyosatining respublika ma’naviy-madaniy hayotining turli yo‘nalishlari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganlik jihatlaridan FA-F8-042-sonli “O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi tarixi (1985–1991 yy.)” (2007–2011) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 7 dekabrdagi 3/1255-3206-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari qayta qurish davrida mafkuraviy tazyiqning saqlanib qolishi, madaniyatni siyosatlashtirishdagi muammolarni O‘zbekistondagi madaniy jarayonlarga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib berishga xizmat qilgan;

XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmida O‘zbekiston SSRdagi madaniy jarayonlar hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy voqelikda aks etishi masalalaridan “O‘zbekiston tarixi (1917–1991 yillar)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 7 dekabrdagi 3/1255-3206-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda milliy ongning o‘sishini, ma’naviy va madaniy qadriyatlarni tiklanishi hamda ularni aholi orasida keng targ‘ib qilish natijasida yuzaga kelgan faol madaniy muhitning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish