Turapov Sunnatulla Xayrullaevich
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning tezpishar, suv tanqisligiga bardoshli navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Taqdimot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1255.
Ilmiy rahbar: Xojambergenov Nasim Mamenovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning “S-9091” navi (NAP521).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining “baza.ima.uz” saytida patentning huquqiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilgan.
II. Tadqiqotning maqsadi ekolo-geografik uzoq duragaylash usuli orqali G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning tezpishar, o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suv tanqisligiga bardoshli, qimmatli xo‘jalik belgilari mujassamlashgan navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor seleksiya jarayonida qo‘llanilgan g‘o‘za kolleksiyasidagi sho‘rga va suv tanqisligiga bardoshli Suriya seleksiyasiga mansub Aleppo navi hamda mahalliy tizmalar ishtirokida geografik uzoq duragaylash usuli asosida yangi boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlar sharotiga mos, serhosil g‘o‘za navini yaratishda geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan duragaylarning mahsuldorligi, ertapisharligi, suv tanqisligiga hamda kasallikka bardoshlilik kabi belgi va xususiyatlarining barqarorlashuv jarayoni aniqlangan;
g‘o‘za seleksiyasida ekologik va genetik uzoq hamda tur ichida duragaylash usuli orqali tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori yangi “S-9091” g‘o‘za navi yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan;
geografik uzoq tur ichida duragaylash usuli orqali yaratilgan “S-9091” g‘o‘za navining boshqa navlardan xo‘jalik uchun qimmatli belgilar majmuasi bo‘yicha farqlanishi, bir xilligi, barqarorligi va yangiligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jizzax viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida G.hirsutum L. turiga mansub g‘o‘zaning tezpishar, suv tanqisligiga bardoshli navlarini yaratish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
g‘o‘zaning yangi “S-9091” navi 2022 yil Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot insititutida yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan (NAP521) patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-113-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rta tolali g‘o‘za genofondi noyob belgilarga ega bo‘lgan yangi donor bilan boyitilgan;
g‘o‘zaning o‘rta tolali “S-9091” navi Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidagi Jizzax ilmiy-tajriba stansiyasida g‘o‘zaning yangi navlar urug‘larini dastlabki ko‘paytiruvchi elita urug‘chilik xo‘jaligida 2022 yil 0,20 ga, 2023 yil 0,30 ga, 2024 yil 4,0 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-113-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu navdan andoza navga nisbatan har gektar maydondan 3,7-4,5 s qo‘shimcha hosil olingan.
o‘rta tolali “S-9091” navining urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish maqsadida PSUYaITIning Jizzax ilmiy tajriba stansiyasining g‘o‘zaning yangi navlar urug‘larini dastlabki ko‘paytiruvchi elita urug‘chilik xo‘jaligida 1 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 1 apreldagi 05/04-04-113-son ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘ ko‘paytirish maqsadida 300 kg urug‘lik chigit tinim davrini o‘tash uchun zahiraga olingan.