Bobonorov Bekzod Boymirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqda e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifiri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy ofat yuz bergan hudud tuproqlarining holati, unumdorligini qayta tiklash yo‘llari (Sardoba suv ombori ta’siri misolida)», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.PhD/B854.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Maqsud Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01
Rasmiy opponentlar: Raupova Nodira Baxromovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xaqberdiev Obid Eshniyozivich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sardoba suv ombori toshqinidan zarar ko‘rgan hudud sug‘oriladigan tuproqlarining xosa-xususisiyatlarini aniqlash orqali ularning unumdorligini qayta tiklash yo‘lini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuz bergan texnogen ofat (gidrotexnik inshoatlardagi avariya sabab) darajasiga mos eroziyaga uchragan tuproqlarning tasnifi tekislik hududi uchun takomillashtirilgan;
tabiiy ofat ta’sirida tuproqlarda fizik loy miqdori 0,6-8,9 foizga, il zarrachalari 0,3-7,9 foizga kamaygan, aksincha, yirik qum zarrachalari 0,4-11,4 foizga ko‘payganligi, yuvilmagan tuproqlarda o‘zgarishsiz qolganligi aniqlangan;
texnogen ofat natijasida 2009-2018-yillarga nisbatan tuproqning agregatli holati zichlashgan, hajm og‘irligi 0,02-0,16 g/sm3 oshganligi aniqlangan;
tabiiy ofatga uchragan hududlarda suvning tezligiga bog‘liq tuproqning ona jinsi ochilgan, yuvib keltirilgan loyqalardan yangi genetik qatlamlari turlicha tuproq paydo bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tabiiy ofat yuz bergan hudud tuproqlarining holati, unumdorligini qayta tiklash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzaobod tumani «Mirzacho‘l» massivida tabiiy ofat ta’siriga uchragan tuproqlarning unumdorligini qayta tiklashga qaratilgan agrotadbir hududdagi fermer xo‘jaligi maydonida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-noyabrdagi 04/29-06/1313-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuchsiz yuvilgan maydonga N180P126K90+10 t/ga biogumus va zoogumus qo‘llanganda tuproqda gumus 15,7-21,9 foizga, fosfor 19,5-32,0 foizga, kaliy 9,5-11,7 foizga, gumus zaxirasi esa 0-50 sm qatlamda 12,0-18,2 t/ga ortib, tupoq unumdorligi qisqa vaqtda qayta tiklanishiga erishilgan;
Mirzaobod tumani «Mirzacho‘l» massivining 2732,6 gektar sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi er maydonlarini 1:10 000 masshtabli tuproq xaritasi hududdagi fermer xo‘jaliklar foydalanishlari uchun amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 8-noyabrdagi 04/29-06/1313-son ma’lumotnomasi). Natijada, massividagi tabiiy ofat ta’siriga uchragan tuproqlarning melorativ holatini yaxshilashga, qayta tiklashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish