Ishmetova Shaxida Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tashqi savdoda xalqaro mehnat taqsimotining huquqiy tartibga solinishi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Muxitdinov Jaxongir Faxriddinovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro mehnat taqsimoti sharoitida xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni har tomonlama, ilmiy-nazariy tahlil qilish, xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning mavjud muammolarini aniqlash, xalqaro mehnat taqsimotini huquqiy tartibga solish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashqi iqtisodiy aloqalarda xalqaro mehnat taqsimotini tartibga solish doirasida monitoring va nazorat, xususan, jamoatchilik nazoratini joriy etish va milliy manfaatlarni ta’minlash muhim omil bo‘layotgani asoslandi;
zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni tartibga solishning maqsadga muvofiqligi va robotlashtirish, sun’iy intellekt, kibermakonda avtomatlashtirish va boshqa eng yangi texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatdagi istiqbollarni asoslab berildi;
xalqaro mehnat taqsimotining har tomonlama tartibga solinishi jahon global raqobatbardoshlik reytingida mamlakatimiz o‘rnini yaxshilanishida muhim omil ekanligi asoslab berildi;
raqamli iqtisodiyotda munosabatlarni tartibga solishning yangi huquqiy tuzilmalarini kiritgan holda fuqarolik, mehnat va nizolar qonunchiligini takomillashtirish zarurligi asoslandi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va tayyor mahsulotni xalqaro sotish bo‘yicha namunaviy shartnomalar bilan huquqni qo‘llash amaliyotini joriy etish zarurligi asoslab berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
import va eksport, tashqi iqtisodiy aloqalarda monitoring va nazorat tushunchalarini shakllantirish hamda jamoatchilik nazoratini joriy etish, shuningdek, milliy manfaatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 24-martdagi 06/04-02-01-32/746-sonli amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasida xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirish va bunday munosabatlar doirasida monitoringni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlarini joriy etishga xizmat qiladi;
xalqaro mehnat migratsiyasini tartibga solish, mehnat migrantlarining huquqiy maqomini belgilash, xalqaro mehnat taqsimoti sohasida xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunini takomillashtirish zarurati to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2022-yil 2-avgustdagi 000840-sonli qarori). Mazkur taklifning amalga oshirilishi xalqaro mehnat migratsiyasini tartibga solishni takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasida mehnat taqsimotining xalqaro standartlarini joriy etishga xizmat qildi;
robototexnika, sunʼiy intellekt, kibermakonda avtomatlashtirish va boshqa eng yangi texnologiyalar kabi zamonaviy texnologiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatga joriy etishni tartibga solish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5120-sonli Farmoniga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 27-apreldagi PF–121-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 14-oktyabrdagi 8/1-5/6628-sonli amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalda tatbiq etilishi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish doirasida huquqiy rejim o‘rnatish va masʼuliyatni belgilash imkonini berdi.
xalqaro mehnat taqsimotini har tomonlama tartibga solish, reytingga kirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda asosiy ko‘rsatkichlarni aniqlash mamlakatimizning jahon mamlakatlari raqobatbardoshligining global reytingida o‘rnini oshirishning muhim omili ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash, shuningdek, bu boradagi davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlash yangi mexanizmni joriy etish to‘g‘risida”gi
PF–6003-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 9-avgustdagi 18/2-5/7324-2-sonli amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi asosiy vazifalarni belgilash va “Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini aks ettirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni qabul qilish imkonini berdi;
qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash va uni ekspertizadan o‘tkazishda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik va Mehnat kodekslari loyihalarini tayyorlashda raqamli iqtisodiyotdagi munosabatlarni tartibga solishning yangi huquqiy tuzilmalarini kiritgan holda fuqarolik, mehnat va nizoli qonunchilikni takomillashtirish taklifidan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil
14-oktyabrdagi 8/1-5/6628-sonli amalga oshirish to‘g‘risidagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xorijiy va raqamli elementlar bilan murakkablashgan zamonaviy fuqarolik va mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy normalarini shakllantirish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish