Shalankov Konstantin Konstantinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida e’lon

I. Umumiy  ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Musiqa terapiyasi darslarida tibbiyot talabalarining mustaqil faoliyatini tashkil etishning pedagogik shartlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzu ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7955.
Ilmiy rahbar: Kadirova Munira Rasulovna, professor, pedagogika fanlari doktori (DSc).
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/02.07.2024. Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimova Dano Shakirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
tibbiy ta’limda Musiqa terapiyasini o‘rganish jarayonida talabalarni mustaqil faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashadigan uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
tibbiy ta’limda talabalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishda mutaxassislik fanlari bilan integratsiyasi, sillabuslarni kollaborativ jihatdan o‘quv dasturlarini interpretatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining mazmun-mohiyatiga kura musiqa terapiyasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni kasalliklar turiga qarab klassifikatsiyalash asoslangan xolda musiqa terapiyasi mashg‘ulotlari variativ o‘quv modellarini bosqichma - bosqich tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
talabalarni kasbiy faoliyatga maqsadli yo‘naltirishda ta’lim jarayoniga “Musiqa terapiyasiʼ fanini kiritish maqsadga muvofiqligi asoslanib, Limbik tizim orqali serotonin va dofamin kabi neyromediator elementlarini o‘rganishning algoritmik bosqichlari hamda integral yondashuvlarni virtual ta’limda qo‘llash jarayoni asoslangan;
“Musiqa terapiyasi” fani orqali bemorlarda neyromediatorlar faolligini oshirishga yordam beruvchi individual xususiyatlar, ehtiyojlar va motivlar aniqlanib, ularning kasalliklarning patogenetik xususiyatlariga mos keluvchi eksperimental dars shakllari taklif etilgan.
  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Tibbiy ta’limda talabalarning musiqiy madaniyatini rivojlantirishda mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash hamda sillabuslarni kollaborativ jihatdan interpretatsiyalashga doir amaliy natijalar “Musiqa va salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida musiqiy madaniyatni rivojlantirishga oid o‘quv jarayonlari fanlararo integratsiya asosida takomillashtirildi.
Abu Ali Ibn Sino asarlari, xususan “Tib qonunlari” asosida musiqa terapiyasining kasalliklar turiga ko‘ra klassifikatsiya qilinib, variativ o‘quv modellarini bosqichma-bosqich tatbiq etishga oid takliflar “Musiqa va salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 27 dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan nashr ruxsatnomasi) tarkibiga kiritilgan. Natijada tibbiy ta’limda musiqaning terapevtik imkoniyatlarini tizimli asosda qo‘llash mexanizmlari shakllantirildi.
Tibbiy ta’lim jarayoniga “Musiqa terapiyasi” fanini kiritish, serotonin va dofamin kabi neyromediatorlar faoliyatini Limbik tizim orqali tushuntirishga asoslangan algoritmik bosqichlar va integral yondashuvlarni virtual ta’limda qo‘llashga doir takliflar “Musiqa va salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan. Natijada virtual ta’lim muhitida neyrobiologik asoslangan musiqiy terapiya yondashuvlarining samaradorligi ortgan.
“Musiqa terapiyasi” fani orqali bemorlarda neyromediatorlar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi individual xususiyatlar, ehtiyojlar va motivlarga asoslangan eksperimental dars shakllarini ishlab chiqishga doir takliflar “Musiqa va salomatlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi tarkibiga singdirilgan. Natijada musiqa terapiyasi fanini o‘qitishda talabalarning loyihalash elementlarini o‘rgatishning algoritmlik bosqichlari klasterli yondashuvlarini virtual ta’limda qo‘llash samaradorligi ortgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish