Hazratov Nurali Burhon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Antik va ilk o‘rta asrlar davri Kesh viloyatining tarixiy geografiyasi”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1472
Ilmiy rahbar: Xushvaqov Nabi Olimovich, tarix fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, Raimqulov Abdusabur Azzamovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Karimov Bahrom Djalolovich.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Kesh viloyatining tarixi, madaniyati, yozma va arxeologik manbalar, janubiy Sug‘ddagi o‘ziga xos xususiyatlar, moddiy madaniyati va tarixiy geografiya masalalarini tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qadimgi Kesh viloyatining tarixiy geografik jihatlari bo‘yicha mavjud ilmiy taxminlarga yozma va arxeologik manbalar asosida chuqur ilmiy tahlil va aniqlik kiritilib, uning antik va ilk o‘rta asrlar chegaralari janubga Bobotog‘ tizmalari, shimolda Urguttog‘ tekisligi, g‘arbda Eskianhor kanali, sharqda Yakkabog‘ tekisligi, janubda qisman Qamashi va G‘uzor tumanlari bilan chegaralanganligi dalillangan;
Antik va ilk o‘rta asrlar davri Kesh tarixiy viloyatining rivojlanishida joylashuv omillari (iqlim sharoiti, savdo yo‘llari tasiri), qo‘shnichilik (Samarqand, Buxoro va Termiz) munosabatlari, ayrim hollarda migratsiya jarayonlari sabab bo‘lganligi, bu davrda o‘zaro jiddiy siyosiy mojarolar yuz bermaganligi aniqlangan;
O‘rganilayotgan davrda yozma manbalarga ko‘ra, Kesh viloyatining butun Sug‘diyonaning ichki va tashqi aloqalaridagi mavqei kuchli bo‘lganligi, arablar bosqini (VIII asr) davrida esa Kesh viloyatining juda katta hududlarda bosqinchilarga qarshi Muqanna qo‘zg‘oloni markaziga aylanganligi, Muqanna qarorgohi harbiy jihatdan juda strategik qulay qadimiy Keshning Yakkabog‘ tog‘larida joylashganligining chuqur qiyosiy tahlillar asosida tarixiy geografiyasi dalillangan;
Antik va ilk o‘rta asrlar davri Keshlik savdogarlarning Buyuk ipak yo‘lidagi faol harakatlari (Xitoydagi Tan imperiyasiga ko‘chib ketgan Keshlik Verkak ismli zodagon va uning qarindoshlari misolida), Qoshg‘ar va Urumchidagi Sug‘d qishloqlarida Kesh savdogarlarining mavqei, savdo-iqtisodiy munosabatlardagi tarixiy o‘rni asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kesh viloyatining tarixiy geografiyasi ustida olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:
Qadimgi Kesh viloyatining tarixiy geografiyasi bo‘yicha mavjud ilmiy qarashlarga yozma va arxeologik ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilib, uning antik va ilk o‘rta asrlar chegaralari janubga Bobotog‘ tizmalari, shimolda Urgubtog‘ tekisligi, g‘arbda Eskianhor kanali, sharqda Yakkabog‘ tekisligi, janubda qisman Qamashi va G‘uzor tumanlari bilan chegaralanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi materiallarini boyitishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 15-apreldagi 01-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Qadimgi Kesh viloyatining tarixiy geografiyasi bo‘yicha mavjud ilmiy taxminlarga yozma va arxeologik ma’lumotlar asosida aniqlik kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan.
Antik va ilk o‘rta asrlar davri Kesh tarixiy viloyatining rivojlanishida joylashuv omillari (iqlim sharoiti, savdo yo‘llari ta’siri), qo‘shnichilik (Samarqand, Buxoro va Termiz) munosabatlari, ayrim hollarda migratsiya jarayonlari sabab bo‘lganligi, bu davrda o‘zaro siyosiy mojarolar yuz bermaganligi aniqlangan va ushbu ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin Meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 15-apreldagi 01-29-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Antik va ilk o‘rta asrlar davri Kesh tarixiy viloyatining rivojlanishida joylashuv omillariga oid ma’lumotlarni o‘rganishga xizmat qilgan.
O‘rganilayotgan davrda Kesh viloyatining butun Sug‘diyonaning ichki va tashqi aloqalaridagi mavqei kuchli bo‘lganligi, ayniqsa arablar bosqini (VIII asr) davrida Kesh viloyati juda katta hududlarda bosqinchilarga qarshi Muqanna qo‘zg‘oloni markaziga aylanganligi, Muqannaning ko‘plab ilmiy bahslarga sabab bo‘layotgan qarorgohi aynan Kesh chegaralaridagi Yakkabog‘ tog‘larida joylashganligi chuqur qiyosiy tahlillar asosida dalillanganligi haqidagi ma’lumotlardan “Taqdimot” ko‘rsatuvi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 29-yanvardagi 02-31-123-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘rganilayotgan davrda Kesh viloyatining butun Sug‘diyonaning ichki va tashqi aloqalaridagi mavqei kuchli bo‘lganligi, ayniqsa arablar bosqini (VIII asr) davrida Kesh viloyati juda katta hududlarda bosqinchilarga qarshi Muqanna qo‘zg‘oloni markaziga aylanganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Antik va ilk o‘rta asrlar davri Keshlik savdogarlarning Buyuk ipak yo‘lidagi faol harakatlari (Xitoydagi Tan imperiyasiga ko‘chib ketgan Keshlik Verkak ismli zodagon va uning qarindoshlari misolida), Qoshg‘ar va Urumchidagi Sug‘d qishloqlarida Kesh savdogarlarining mavqei, savdo–iqtisodiy munosabatlardagi tarixiy o‘rni asoslanganligi kabi ma’lumotlardan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 06-28-845-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Kesh savdogarlarining mavqei, savdo–iqtisodiy munosabatlardagi tarixiy o‘rni asoslab berilgan ma’lumotlar ko‘rsatuv mazmunini boyitishga xizmat qilgan.