Imomov Muqimjon Xabibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tebranma tishli boronani takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3984.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umurzakov Akramjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tojiev Rasuljon Jumabaevich, texnika fanlari doktori, professor; Nasritdinov Axmadjon Abduxamidovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tishli borona konstruksiyasini takomillashtirish va ish jarayonida siqiluvchi prujinalar yordamida qo‘shimcha tebranadigan hamda bir o‘tishda erlarga ikki qatlamda ishlov beradigan tishli borona ishlab chiqish yo‘li bilan erlarni ekishga tayyorlashda ish sifati va unumini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dala relefiga moslashib, mayin qatlam hosil qilish uchun tuproqqa ikki qatlamda yuzaki ishlov beradigan gorizontal tebranma harakat qiluvchi tishli boronaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tuproqqa ikki qatlamda ishlov beradigan tebranma tishli boronaning tortishga qarshilik kuchini aniqlash imkonini beradigan ifoda samarali ishqalanish koeffisienti (f*) ni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
ikki qatlamda ishlov beradigan tebranma tishli boronaning oldingi kalta va orqangi uzun tishlarining uzunliklarini aniqlash usuli ularni tuproqqa belgilangan chuqurlikka botib ishlash shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
tuproqqa ikki qatlamda ishlov beradigan gorizontal tebranma tishli boronaning geometrik, kinematik va energetik parametrlarining maqbul qiymatlari unga qo‘yilgan agrotexnika talablarini sifatli bajarilish shartidan kelib chiqqan holda, tajribalarni matematik rejalashtirish usulida aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tebranma tishli boronani takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dala relefiga moslashuvchan tuproqqa ikki qatlamda yuzaki ishlov beradigan, ishchi zvenolari o‘zaro tebranadigan tishli boronaga “Intellektual mulk agentligi” dan ixtiro uchun patent olingan («Tishli borona», IAP 07340 – 16.03.2023 y.). Natijada, tuproq yuzasida mayin qatlam hosil qiladigan gorizontal tebranma harakat qiluvchi tishli boronaning konstruksiyasi ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
dala relefiga moslashuvchan tuproqqa ikki qatlamda yuzaki ishlov beradigan, tishli boronani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha- konstruktorlik xujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi zvenolari o‘zaro gorizontal tebranadigan tishli boronani ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan tuproqqa ikki qatlamda yuzaki ishlov beradigan ishchi zvenolari o‘zaro gorizontal tebranadigan tishli borona Namangan viloyat Chust tumani “Xabibullo Abdullaev” hamda Namangan tumanidagi “Kumush tola yog‘dusi” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/04-04-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa yuzaki ishlov berishda mavjud boronalarga nisbatan yonilg‘i sarfini 1,5 martaga ekspluatatsion xarajatlar 15-20 foizga kamayishiga erishilgan.