Durdubaeva Roza Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Gazlarni absorbsion tozalash jarayonida suvli sovutish qurilmasini korroziyalanishiga qarshi ingibitor olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T4363.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshiddinxo‘ja Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamqulova Nargiza Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gazlarni absorbsion tozalash jarayonida suvli sovutish qurilmasini korroziyalanishiga qarshi ingibitor olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfor (V) xlorid va sianur kislota asosida yangi tarkibli PSK-1 markali korroziya ingibitori sintez qilingan va sintez sharoitining kinetikasi aniqlangan;
sintez jarayoni kinetikasi asosida fosfor (V) xlorid va sianur kislota 1:5 mol nisbati, harorat 90-100 oC da va 48 soat vaqt davomiyligida maksimum 87,15 % unumga erishishi isbotlangan;
sintez qilib olingan PSK-1 korroziya ingibitorining ingibirlash mexanizmini kinetik va termodinamik qonuniyatlar asosida, ingibirlash samaradorligini gravimetrik va elektrokimyoviy usullar yordamida, sirt morfologiyasini esa skanerlovchi elektron mikroskop kabi usullar yordamida aniqlangan;
PSK-1 markali korroziya ingibitorini St20 markali po‘lat namunalariga 333 K da ingibitor konsentratsiyasi 50-200 mg/l bo‘lgan holda, ingibirlash samaradorligi 80,89-97,76 % ekanligi aniqlangan;
gazlarni absorbsion tozalash jarayonida suvli sovutish qurilmasining korroziyasiga qarshi PSK-1 markali korroziya ingibitorini olish va qo‘llash texnologiyasi amaliy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gazlarni absorbsion tozalash jarayonida suvli sovutish qurilmasini korroziyalanishiga qarshi ingibitor olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
fosfor (V) xlorid va sianur kislota asosida yangi tarkibli korroziya ingibitorini olish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash» zavodining “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz» AJ «Muborak gazni qayta ishlash» zavodining 2022 yil 8 apreldagi 110/GK-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki suvli aylanma va sovutish tizimlarida yuzaga keluvchi korroziyadan po‘lat materiallarni himoyalash imkonini bergan;
PSK-1 markali korroziya ingibitorini sintez qilish usuli va sintez qilingan ingibitorning tizimda kislotali qayta ishlashdan hosil bo‘luvchi agressiv muhitlarda korroziya jarayonini to‘xtatish mexanizmi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning “2021-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2022 yil 11 maydagi 23010107/342-son ma’lumotnomasi). Natijada, PSK-1 markali korroziya ingibitorining metall namunalarini himoyalash darajasi, suv aylanma sistemalari uchun ingibitor konsentratsiyasi 50-200 mg/l bo‘lgan holda, 93,6-97,1 % ni tashkil etish imkonini bergan.