Muxiddinov Tilov Iskandarovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada xazmogam va kleystogam gullash belgilarini tadqiq etish asosida intensiv xususiyatli navlar yaratish»,  06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Qx107.

Ilmiy maslahatchi: Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Kleystogam-1» g‘o‘za navi (NAP 00077); «Beshqahramon» g‘o‘za navi (NAP 00112) va «Hamkor» g‘o‘za navi (NAP 00142).

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 6 noyabrdagi 02-11/2879, 02-11/2877 va 02-11/2878-son xulosalari.

II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zada insuxt-kleystogam xususiyatli  germetik  yopiq gulli  va chetdan changlanishni chegaralovchi kleystogam va xazmogam gulli  genkolleksiya va navlar  yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor g‘o‘zaning turlararo (G.hirsutum L.x G.barbadense L.) xazmogam va kleystogam gul xillarining birinchi avlod duragaylarida xazmogam gul xilining dominant holatda irsiylanishi aniqlangan;

turlararo duragaylarning birinchi avlodida o‘simlik bo‘yi, o‘simlikdagi ko‘saklar soni, tola uzunligi va boshqa belgilar bo‘yicha ijobiy geterozis holati mavjudligi aniqlangan;

turlararo g‘o‘za duragaylarining ikkinchi avlodida xazmogam va kleystogam gul belgilarining 3:1 (monogen) hamda 15:1 (nokumulyativ polimeriya) nisbatda ajralish qonuniyatlari mexanizmi ochib berilgan;

g‘o‘za duragaylarining ikkinchi avlodida qimmatli-xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanlik ko‘lami asosida kleystogam gulli o‘simliklarda qimmatli transgressiv shakllarning ajralib chiqishi yuqoriligi aniqlangan;

genetik barqaror holatga ega  insuxt- kleystogam xususiyatli ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za shakllari, tizmalari va navlarining  genkolleksiyasi yaratilgan;

G.hirsutum L. turiga mansub 1306 «Shreder» va G.barbadense L. turiga mansub 9696-I/1 navlarining duragaylari populyasiyasi asosida kleystogam (yopiq) gulli «Kleystogam-1» g‘o‘za navi yaratilgan;

turlararo (G.hirsutum L.x G.barbadense L.) L-517 tizmasini madaniy «AN-415» navi bilan chatishtirishdan olingan duragay populyasiyasi asosida g‘o‘zaning yangi «Beshqahramon» navi yaratilgan;

madaniy «AN-415» navini turlararo (G.hirsutum L.x G.barbadense L.) L-517 tizmasi bilan chatishtirishdan olingan  duragay populyasiyasi asosida g‘o‘zaning yangi «Hamkor» navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

G‘o‘zada xazmogam va kleystogam gullash belgilarini tadqiq etish asosida intensiv xususiyatli navlar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

qimmatli-xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan ertapishar, serhosil, kasallik, zararkunanda va muhitning noqulay omillariga chidamli, tola sifati va chiqimi yuqori bo‘lgan kleystogam gulli ingichka tolali «Kleystogam-1», o‘rta tolali «Beshqahramon» va «Hamkor» navlari yaratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patentlari olingan (NAP 00077, NAP 00112, NAP 00142). Natijada mazkur g‘o‘za navlari respublikaning paxtachilik fermer xo‘jaliklarida keng maydonlarda joriy etilgan;

g‘o‘zaningingichka tolali, tolasi 1-A tipga mansub «Kleystogam-1» navi 2018 yildan  Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani «Bek klaster» mas’uliyati cheklangan  jamiyatida urug‘ini ko‘paytirish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 28 noyabrdagi 02/020-219-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu g‘o‘za navi yuqori tola sifati, serhosilligi, qurg‘oqchilik va yuqori haroratga chidamliligini namoyon etgan;

g‘o‘zaning «Beshqaxramon» navi 2011 yildan Davlat reestriga kiritilgan va  rayonlashtirilgan hamda Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Samarqand viloyatlarining paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 127500 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 28 noyabrdagi 02/020-219-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu g‘o‘za navidan yuqori paxta hosili olingan, tolaning texnologik sifat va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi oshgani aniqlangan;

g‘o‘zaning «Hamkor» navi keyingi yillarda respublikaning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 18000 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining  2018 yil 28 noyabrdagi 02/020-219-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu g‘o‘za navidan andoza navlarga nisbatan mo‘l va tola sifati yuqori paxta hosili olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish