Hazratqulova Shahnoza Usmonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi bug‘doy sifat ko‘rsatkichlariga genotip va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx24.

Ilmiy rahbar: Ram Chandra Sharma, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ibragim Tashkentovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kuzgi yumshoq va qattiq bug‘doy nav namunalarini turli tabiiy iqlim sharoitlarida o‘rganish asosida yuqori hosildorlik va barqaror don sifat ko‘rsatkichlariga ega kasalliklarga, yotib qolishga chidamli nav namunalarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tashqi muhitning turli xil noqulay sharoitlarida zang kasalligiga chidamliligi, don tarkibidagi oqsil hamda kleykovina miqdori o‘zgarmaydigan genotiplar aniqlanib, ularning turli tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi (plastiklik qobiliyati) aniqlangan;

kuzgi yumshoq va qattiq bug‘doy nav va namunalarning har ikkala mintaqa sharoitlarida ham yuqori hosildorligi  va sifat ko‘rsatkichlarining barqaror holatda saqlanib qolishi aniqlangan;

qattiq bug‘doy nav namunalari kolleksiyasidan ertapishar, tashqi muhit sharoitlariga tez moslashadigan va har qanday sharoitda barqaror hosil beradigan genotiplar ajratib olingan;

sug‘oriladigan maydonlar uchun hosildor don sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hamda makaron va qandolat sanoati talablariga to‘la javob beradigan qattiq bug‘doyning yangi “Nasaf” navi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Kuzgi bug‘doy sifat ko‘rsatkichlariga genotip va tashqi muhitning o‘zaro ta’siri bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida:

yaratilgan qattiq bug‘doyning “Nasaf” navi Qashqadaryo viloyatining g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida 7 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 14 apreldagi 02/21-232-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan maydonlarda hosildorlik va don sifati ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga erishilgan;

kuzgi bug‘doyning tanlab olingan 30 ta genotiplari Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarining g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari maydonlarida joriy etilgan (Qishloq vazirligining 2018 yil 14 apreldagi 02/21-232-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘allaning zang kasalligiga chidamliligi, don tarkibidagi oqsil hamda kleykovina miqdorining barqarorligiga va turli tuproq-iqlim sharoitlarida yuqori hosildorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish