Alladustov Rustam Djonmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kapital oqimi va investisiyalarga ta’sirini baholash», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt207.
Ilmiy rahbar: Burxanov Umar Abdualimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.15.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalikov Ulug‘bek Rustamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Biznes va boshqaruv oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kapital oqimi va investisiyalarga ta’sirini baholashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investisiyalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining me’yoriy darajasini ta’minlash orqali hududlarda asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini oshirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarning milliy valyutalariga nisbatan so‘mning real almashuv kursi, tovarlar eksportidagi to‘lovlar stavkasi va ichki bozordagi narxlar darajasiga ta’sir ko‘rsatish orqali eksport tushumlari hajmi va barqarorligini ta’minlash tavsiya etilgan;
milliy valyutaning nominal almashuv kursi va narxlar barqarorligi, banklarning to‘lovga qobilligi hamda jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash yo‘llari orqali xorijiy investisiya va kreditlarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish asoslangan;
xalqaro bank amaliyotida davlat qarzi hamda barqaror investisiya hajmining umume’tirof etilgan me’yoriy darajalarini muhim makroiqtisodiy nisbatlarga erishish orqali ta’minlash bo‘yicha takliflar asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kapital oqimi va investisiyalarga ta’sirini baholash yuzasidan olingna ilmiy natijalar asosida:
investisiyalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining me’yoriy darajasini (minimum 25%) ta’minlash orqali hududlarda asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan 2017 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 noyabrdagi DI-01/03-3-001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2018 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida respublikamiz hududlarida asosiy kapitalga qilingan investisiyalar hajmining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan;
so‘mning O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlarning milliy valyutalariga nisbatan real almashuv kursi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, tovarlarni temir yo‘l orqali eksport qilishda tranzit uchun olinadigan to‘lovlar stavkasini kamaytirishga erishish va ichki bozorda narxlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali eksport tushumlari hajmi va barqarorligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan «Xorijiy hamkorlar bilan ishlash samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi nizomning 13, 16 va 24-bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 noyabrdagi DI-01/03-3-001-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2018 yilning yanvar`-sentyabr` oylarida umumiy eksport tushumi 2017 yilning shu davriga nisbatan 31,0 foizga oshgan;
milliy valyutaning nominal almashuv kursi barqarorligini ta’minlash, baholar barqarorligiga erishish, mamlakat tijorat banklarining to‘lovga qobilligini oshirish hamda jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash yo‘li bilan xorijiy investisiya va kreditlarni jalb etish ko‘lamini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar oqimini ta’minlash to‘g‘risida»gi nizomning 37, 41, 43-bandlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 noyabrdagi DI-01/03-3-001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbig‘i natijasida 2017 yilda xorijiy investisiya va kreditlar hajmining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan;
davlat ichki va tashqi qarzining xalqaro bank amaliyotida umume’tirof etilgan me’yoriy darajasini (YaIMga nisbatan 60%) ta’minlagan holda investisiya me’yorining barqaror darajasini ta’minlash maqsadida jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi barqaror nisbatni ta’minlash va investisiyalarning o‘sish sur’ati bilan yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan «Tashqi iqtisodiy faoliyat departamenti to‘g‘risida»gi Nizomning 3.1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 2 noyabrdagi DI-01/03-3-001-son ma’lumotnomasi). Bu taklifni amaliyotga tatbig‘i natijasida 2017 yilda respublikamizda investisiya me’yorining yuqori va barqaror darajasini ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatgan.