Xaitov Akmal Aliyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin churralarining kechki paraprotezli yiringli asoratlarida tashxislash va davolash taktikasining o‘ziga xosligi», 14.00.27 - Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4339.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Cha universitetining Bundang tibbiyot markazi. (Janubiy Koreya).
II. Tadqiqotning maqsadi: gernioalloplastikadan keyingi kechki paraprotezli yiringli infeksiyadan paydo bo‘lgan residiv ventral churra bilan kasallangan bemorlarni xirurgik davolash usullarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba an’anaviy autoplastika hamda protezli alloplastikadan so‘ngi yiringli asoratlar ventral churralarning qaytalanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk marotoba operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanishning yuqori klinik samaradorligi isbotlangan;
ilk marotoba operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullarini qo‘llanilishi, asoratlarni keskin kamayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan;
bemorlarda dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan, qaytalangan ventral churralarini xirurgik davolashda protezli alloplastika amaliyoti vaqtida P-simon choklardan hamda yiringli asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida 2% li dekasan eritmasidan foydalanish churrani qaytalanishini 15,0% dan 3,8% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/70-sonli xulosasisiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba an’anaviy autoplastika hamda protezli alloplastikadan so‘ngi yiringli asoratlar ventral churralarning qaytalanishiga sabab bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan xulosalar va takliflar o‘ziga xos nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, ular operatsiyadan keyingi ventral churra bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash xususiyatlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar RShTYoIM Surxondaryo filiali (18.07.2024 yil, № 06 buyrug‘i) va Surxondaryo filiali KTTM xirurgik bo‘limlariga (11.07.2024 yil, № 37-4 buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: autoplastik va protez aralashuvidan so‘ng takroriy ventral churra shakllanishining sabablari aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: bakteriologik tekshiruv, ya’ni mikroblarning antibiotikka sezuvchanligini aniqlash, antibakterial dori vositalarni aniq bilib qo‘llash nozokomial infeksiyalar va infeksion asoratlarni kamayishiga olib kelgan. Bu esa seftriakson va sefaperazon+sul`baktam kabi qimmatbaho antibiotiklarni qisqartirishga, sarf-xarajatlarni har bir bemor uchun o‘rtacha 170000 dan 190000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: an’anaviy autoplastika hamda protezli alloplastikadan so‘ngi yiringli asoratlar ventral churralarning qaytalanishiga sabab bo‘lishi isbotlanganligi, asoratlarni oldini olish chora tadbirlarini qo‘llash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanishning yuqori klinik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanishning yuqori klinik samaradorligi isbotlanganligi, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar RShTYoIM Surxondaryo filiali (18.07.2024 yil, № 06 buyrug‘i) va Surxondaryo filiali KTTM xirurgik bo‘limlariga (11.07.2024 yil, № 37-4 buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanish orqali, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olingan. Iqtisodiy samaradorligi: ilk marotoba operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanishning yuqori klinik samaradorligi isbotlanganligi natijasida har 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet mablag‘larini 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: operatsiyadan so‘ngi ventral churrasi qaytalangan bemorlarni davolashda takomillashtirilgan profilaktika usulidan foydalanish hisobiga har 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet mablag‘larini 600000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullarini qo‘llanilishi, asoratlarni keskin kamayishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullarini qo‘llanilishi orqali, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkoni yaralgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar RShTYoIM Surxondaryo filiali (18.07.2024 yil, № 06 buyrug‘i) va Surxondaryo filiali KTTM xirurgik bo‘limlariga (11.07.2024 yil, № 37-4 buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullarini qo‘llanilishi orqali klinik samaradorlikga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullarini qo‘llanilishi hisobiga har 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet mablag‘larini 1800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: operatsiyadan keyingi ventral churrasi qaytalangan bemorlarda churraning o‘lchamlariga qarab differensialashgan plastika qilish usullaridan foydalanish, davolanish samaradorligini keskin oshirilishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarda dalillarga asoslangan tibbiyot nuqtai nazaridan, qaytalangan ventral churralarini xirurgik davolashda protezli alloplastika amaliyoti vaqtida P-simon choklardan hamda yiringli asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida 2% li dekasan eritmasidan foydalanish churrani qaytalanishini 15,0% dan 3,8% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar RShTYoIM Surxondaryo filiali (18.07.2024 yil, № 06 buyrug‘i) va Surxondaryo viloyati KTTM xirurgik bo‘limlariga (11.07.2024 yil, № 37-4 buyrug‘i) amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qaytalangan ventral churralarini xirurgik davolashda protezli alloplastika amaliyoti vaqtida P-simon choklardan hamda yiringli asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida 2% li dekasan eritmasidan foydalanish churrani qaytalanishini 15,0% dan 3,8% gacha kamaytirish imkonini berib, yotoq kunlarni qisqarishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: protezli alloplastika amaliyoti vaqtida P-simon choklardan hamda yiringli asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida 2% li dekasan eritmasidan foydalanish, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishi orqali har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qaytalangan ventral churralarini xirurgik davolashda protezli alloplastika amaliyoti vaqtida P-simon choklardan hamda yiringli asoratlar rivojlanishini oldini olish maqsadida 2% li dekasan eritmasidan foydalanish churrani qaytalanishini 15,0% dan 3,8% gacha kamaytirish imkonini bergan.