Mustafaeva Nodira Abdujalilovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharof Boshbekov dramalarida lisoniy imkoniyatlarning sotsial xoslanishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3056. 
Ilmiy rahbar: Xolmuradova Mexrinisa Ibroximovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari  doktori,  professor;  Yusubova Ra’no Norboevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharof Boshbekov dramatik asarlari matnidagi lisoniy imkoniyatlarning sotsial xoslanishini hamda nutqiy vaziyatga ijtimoiy muhitning ta’sirini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ot va otlashgan so‘zlarda son kategoriyasi, jumladan, ko‘plik shakli nutqiy vaziyatlarda undov  va modal so‘zlar kabi o‘z grammatik ma’nosidan tashqari ijobiy va salbiy baho munosabatlarini ifodalashga xizmat qilishi dramalar tili misolida ochib berilgan;
Sharof Boshbekov dramalarida lisoniy vositalarning badiiy matnlardagi yashirin pragmatik imkoniyatlari, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotga nutqiy vaziyat, nutqiy sharoitning ta’siri kabi ekstralingvistik omillar  aniqlangan;  
dramalarda grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramon ruhiy holati, voqelikka munosabati, nutqiy vaziyat, zamon va makon ta’sirida so‘zlovchining o‘z ichki munosabatlarini ifodalovchi morfologik va sintaktik vositalar aniqlangan;
Sharof Boshbekov asarlarida sodda gaplar, kiritmalardan, zarur o‘rinlarda sheva elementlaridan unumli foydalanish o‘zaro muloqotning samaradorligini ta’minlashi, so‘zlar, umuman, matn tili ijtimoiy jihatdan dramalar matniga moslashishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharof Boshbekov dramalarida lisoniy imkoniyatlarning sotsial xoslanishi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ot va otlashgan so‘zlarda son kategoriyasi, jumladan, ko‘plik shakli nutqiy vaziyatlarda undov  va modal so‘zlar kabi o‘z grammatik ma’nosidan tashqari ijobiy va salbiy baho munosabatlarini ifodalashga xizmat qilishi xususidagi ilmiy xulosalar va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 1-noyabrdagi 04/1-3116-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron platforma dramalar tilidagi frazeologik elementlar, lingvokulturologiya va lingvostilistikaga oid terminlar va ularning izohlari bilan boyitilgan.
Sharof Boshbekov dramalarida lisoniy vositalarning badiiy matnlardagi yashirin pragmatik imkoniyatlari, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotga nutqiy vaziyat, nutqiy sharoitning ta’siri kabi ekstralingvistik omillarga oid xulosalaridan O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “O‘zbek raqs sanʼati terminologiyasi” mavzusidagi PZ-20170930188-raqali tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 01-04-08/342-son ma’lumotnomasi). Natijada dramalarning lingvistik, sotsial tadqiqi o‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, pragmalingvistika, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik kabi bir qator zamonaviy sohalarini rivojlantirishga doir xulosalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;  
dramalarda grammatik ma’noning nutqiy voqelanishida lisoniy vositalarning qahramon ruhiy holati, voqelikka munosabati, nutqiy vaziyat, zamon va makon ta’sirida so‘zlovchining o‘z ichki munosabatlarini ifodalovchi morfologik va sintaktik vositalar xususidagi natijalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan “Xoreografiya sanʼati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirish”  mavzusidagi S-2020003161-raqamli tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 24-sentyabrdagi 01-04-08/343-son ma’lumotnomasi) Natijada, lisoniy vositalarning pragmatik imkoniyatlari, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi muloqotga nutqiy vaziyat, nutqiy sharoitning ta’siri, verbal va noverbal vositalarning pragmatik imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, tayyorlangan glossariyni boyitishga erishilgan.
Sharof Boshbekov asarlarida sodda gaplar, kiritmalardan, zarur o‘rinlarda sheva elementlaridan unumli foydalanish o‘zaro muloqotning samaradorligini ta’minlashi, so‘zlar, umuman, matn tili ijtimoiy jihatdan dramalar matniga moslashishi xususidagi natijalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining “Yoshlar bilan”, “Madaniy hayot”, “Asliyat” kabi ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanalining 2024-yil 08-oktyabrdagi 14-02-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan  materiallarning mazmun-mohiyati mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish