Karimova Sadoqat Amrilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Dizel yoqilg‘ilari uchun akrilamid va ularning hosilalari asosida yuvuvchi - dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5202.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc 03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Jahongir O‘rozali o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizel yoqilg‘ilari uchun akrilamid va ularning hosilalari asosida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dizel yoqilg‘ilari uchun yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar sintez qilish amidirlash reaksiyasida dastlabki moddalar alifatik va aromatik karbon kislotalar hamda aminlar nisbati 1:1 mol, harorat 120-180 °C bo‘lganda mahsulot unumi 90 % dan yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
akrilamid va sterian kislota asosli prisadkaning 0,01% konsentratsiyasi dizel yoqilg‘isining kokslanish koeffisienti 0,3 %, kullanishi 0,01 % oshmaganligi, moylovchi-dispergirlovchi prisadka turiga mansub ekanligi amaliy isbotlangan;
sintez qilingan akrilamid asosida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalarning dizel yoqilg‘isida ta’siri natijasida va 180 oC, 4 soat oksidlash davomida zarrachalarning o‘lchami 25 mkm dan 2.5 mkm kichrayganligi, yoqilgʼi solishtirma sarfi nisbiy oʼzgarishi 1,75 % dan 1,29 % ga va ishlatilgan gazlar tutuni nisbiy oʼzgarishi 6,30 % dan 4,93 % ga kamayganligi aniqlangan;
akrilamid asosli prisadkalarning unumi va molekulyar massasiga turli omillar ta’siri orasidagi bog‘liklar qonuniyatini nazariy baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijasida chet eldan import qilinayotgan prisadkalar o‘rnini bosuvchi, mahalliy xomashyo akrilmaid asosida dizel yoqilg‘ilarining yuvuvchi-dispergirlovchi xossalarini yaxshilovchi prisadkalar olishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo akrilamid va ularning hosilalari asosida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
akrilamid va ularning hosilalari asosida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar sintez usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 26 apreldagi 02-03-01/145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar 0,0,1% miqdori kokslanish koeffisienti 0,3 %, kullanishi 0,01 % ga teng bo‘lgan yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar olish imkonini beradi;
akrilamid hosilalar asosida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar olish texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yilni 26 apreldagi 02-03-01/145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, TD-L standartlari muvofiq ishlab chiqariladigan dizel yoqilg‘isida yuvuvchi-dispergirlovchi prisadkalar GOST 12156-1 standartiga mos yuvuvchi-dispergirlovchi xossalari yaxshilangan hamda yoqilgʼi solishtirma sarfi nisbiy oʼzgarishi 1,75 % dan 1,29 % ga va ishlatilgan gazlar tutuni nisbiy oʼzgarishi 6,30 % dan 4,93 % gacha kamaytirilgan va fizik-kimyoviy va tribologik xossalari yaxshilangan dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish imkonini beradi.