Yusupova Maloxat Sadillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ««Xorazm viloyati sharoitida olma va nok ko‘chatlarini past bo‘yli payvandtaglarda etishtirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx101.
Ilmiy rahbar: Islamov Soxibjon Yaxshilikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abduxalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdullaev Ravshan Mavlyanovich, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida olma va nok ko‘chatlarini etishtirishda vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan payvandtaglarni ona ko‘chatzor hamda ko‘chatzorning birinchi va ikkinchi dalasida sifatli ko‘chat etishtirish texnologiyasini takomillashtirish asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining sho‘rlangan tuproqlarida ilk bor vegetativ yo‘l bilan ko‘patiriladigan olma va behi payvandtaglari tiplarining o‘sishi va rivojlanishini morfo-biologik xususiyatlari aniqlangan;
tadqiqotlar o‘tkazilgan sho‘rlangan tuproqlarda vegetativ ko‘payadigan olma va behi payvandtag qalamchalarini ko‘chatzorning birinchi dalasida maqbul ekish sxemalari va chuqurligi aniqlangan;
sho‘rlangan tuproqlarda vegetativ ko‘payadigan istiqbolli olma va behi payvandtaglarida mahalliy va rayonlashtirilgan navlarning o‘zaro mutanosibligi aniqlangan;
payvandtaglar novdalari, kurtaklari va ildiz tizimining sovuqqa chidamliligi, ularni texnologik bosqichlari va sizot suvlarining ta’siri aniqlangan;
vegetativ ko‘payadigan olma va nok navlarini Xorazm viloyati sharoitida qalamcha qilib ekishning optimal muddatlari, olma navlarini olma payvandtagiga, nokni behi payvandtaglariga payvand qilish muddatlarining ekiladigan material chiqishiga ta’siri va tuproqning ortiqcha namlanishiga chidamliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olma va nok uchun past bo‘yli payvandtaglarni tanlash va etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
etishtirilgan olma qalamchalardan ko‘chat ekishning takomillashtirilgan texnologiyasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Qirmizi don”, “Sarvar, Sadaddin, Yarash” fermer xo‘jaliklarida 2,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 18 apreldagi 02/22–241-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzorning har bir gektar maydonidan o‘rtacha 11,9 mln. so‘m sof foyda olingan va etishtirilgan har bir ko‘chatning tannarxini 185,7 so‘mgacha arzonlashgan hamda ko‘chatzorning ishlab chiqarish rentabellik darajasi 150-190 foizni tashkil etgan.
etishtirilgan behi qalamchalardan ko‘chat ekishning takomillashtirilgan texnologiyasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Otanazarova Nulifar”, “Ro‘zagul asali” fermer xo‘jaliklarida 2,5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2018 yil 27 apreldagi 01/04–376/18-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘chatzorning har bir gektar maydonidan o‘rtacha 6,2 mln. so‘m sof foyda olingan va etishtirilgan har bir ko‘chatning tannarxini 194,6 so‘mgacha arzonlashgan va ko‘chatzorning ishlab chiqarish rentabelligi 150–190 foizgacha oshishiga erishilgan.