Usmonova Bumayram Mirsodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyati sharoitida batat o‘simligi (Ipomea batatas L.) ni etishtirishning ayrim texnologik elementlarini ishlab chiqish”, 06.01.06 - Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1533
Ilmiy rahbar: Yunusov Saloxiddin Adxamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Lapasov Sayfiddin Sanaqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida batat o‘simligini istiqbolli navlarini tanlash, maqbul ekish muddatlari va ekish sxemalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor batatni Toshkent viloyati sharoitida serhosil (42,5-45,2 t/ga), ertapishar (7 kun), yuqori iqtisodiy samarador (186 mln. – 226,6 mln. so’m sof foyda) va shirin tuganak mevali Spartak, Sochakinur, Toyloqi va Yaponskiy fioletoviy istiqbolli navlari tanlangan;
batatni ko’chatidan etishtirishda maqbul ekish muddati 5 may (43,4 t/ga hosil berganligi, tovarbop hosil ulushi 97,8 foiz hamda tuganaklarni o’rtacha vazni 482 gram) ekanligi isbotlangan; 
batatni ko’chatidan etishtirishda maqbul ekish sxemasi  ×30 sm (43,8 t/ga hosil berganligi, tovarbop hosil ulushi 97,2 foiz hamda tuganaklarni o’rtacha vazni 470 gram) ekanligi aniqlangan;
batatni standart Xazina naviga nisbatan qo’shimcha daromad Toyloqi navida – 29,813 ming so’mni, Spartak navida – 39,166 ming so’mni va Sochakinur navida esa 32,151 ming so’mni tashkil etishi, rentabellik darajasi standart Xazina navida – 421%, Toyloqi navida – 480%, Spartak navida – 498% va Sochakinur navida esa  484% ni tashkil etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati iqlim sharoitida batat navlarini etishtirishning texnologik elementlarini ishlab chiqish bo’yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
Toshkent viloyati iqlim sharoitiga mos nav namunalari ajratib olingan va Parkent tumanidagi “Xursanoy+Dilrabo” fermer xo’jaligida 1,1 gektar maydonda joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 noyabrdagi №05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, navlararo standartga nisbatan hosildorlik ko’rsatkichlari 7,3 tonna, yoki qo’shimcha 22% hosil olishga erishilgan.
Toshkent viloyati sharoitida batat o’simligi (Ipomea batatas L.)ni istiqbolli navlari tanlangan va Parkent tumanidagi “Xisorak Mirsamat bog‘i” fermer xo’jaligida “Xazina”, “Sochakinur”, “Spartak”, “Yaponskiy fioletoviy”, “Belvu” navlarni etishtirish bo’yicha jami 1,0 gektar maydonda joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 noyabrdagi №05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan hosil 7,0 tonnani tashkil etib, qo’shimcha 20% ga oshgan.
Toshkent viloyati iqlim sharoitida batatning maqbul ekish muddatlari ishlanmasi Parkent tumanidagi “Raxmat o’g‘li Dadaxo’ja” fermer xo’jaligida 0,8 gektar maydonda joriy qilingan (O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19 noyabrdagi №05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur fermer xo’jaligida bataning hosildorlika 14% ga ortgan hamda 28450 ming so’m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish