Mamatov Ravshanbek Rustamovichlining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Herta Myuller romanlari poetikasi” 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3401
Ilmiy rahbar: Tursunov Akmaljon Hamidjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Sadikov Zohidjon Yaqubjanovich; Nordik universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nasriddinov Dilshod Azimqulovich. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon adabiy jarayoni kontekstida Herta Myuller romanlarini poetik badiiylik mezonlari asosida tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
poetikani tahlil qilish tamoyillari ijtimoiy davr ruhi, yozuvchi shaxsiyati, uslub, gumanizm, chuqur mushohada, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi, umumlashtirish hamda tipiklashtirish kabi badiiy mezonlar nemis adabiy jarayoni rakursida takomillashtirilgan;
Herta Myuller ijodida inson ruhiy kechinmalari va ruhiy jarohatlari tasviri hamda ifoda yaxlitligiga erishish mahorati, ijodkorning ijtimoiy voqelik, ijodiy tasavvur va badiiy fantaziyani uyg‘unlashtirishdagi estetik prinsiplarini aniqlash bilan yozuvchi uslubining o‘ziga xosligi aniqlangan;
yozuvchining badiiy-uslubiy izlanishlarini ilmiy-nazariy tahlilga tortish, asar tarkibiy unsurlari ifoda poetikasini belgilab berishini asoslash orqali falsafiy-badiiy talqinning ijodiy g‘oyani ifodalashdagi adib mahorati ochib berilgan;
Herta Myuller asarlaridagi badiiy tendensiyalarning ijodiy o‘ziga xosligini nazariy jihatdan tadqiq etish orqali xronik janrdagi ifoda individualligi ijtimoiy davr ruhi va voqelik mohiyatini ochish vositasi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Adabiyotshunoslikda poetikani tahlil qilish tamoyillari xronik janrga xos bo‘lgan ifoda individualligi, ijtimoiy davr ruhi, yozuvchi shaxsiyati, uslub, muallif g‘oyasining mantiqiyligi va ijodiy fantaziyasining kengligi, umumlashtirish hamda tipiklashtirish kabi badiiy mezonlarga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024 yil 18 noyabrdagi 01/78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning “KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali R.Mamatovning “Nemis yozuvchisi Herta Myuller asarlarida badiiy detallar poetikasi” maqolasi va unda keltirilgan xulosalar bilan yanada boyidi.
Herta Myullerning shakl va mazmun, badiiy asar tili, mavzu va g‘oya kabi poetik unsurlarni qo‘llashdagi ijodkor badiiy mahoratiga oid xulosalardan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi chora-tadbirlar dasturining 35-bandi doirasida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2023yil 21 dekabrdagi 02-12-16-8636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada nemis romanlaridagi badiiylik va shaxs konsepsiyasining talqini, poetik xususiyatlar, obrazlar tizimi, unda ilgari surilgan g‘oyalar kitob mahsulotlari uchun zarur manba bo‘lib xizmat qilgan;
Herta Myuller asarlarida falsafiy-axloqiy muammolar, asar badiiyati, poetik nutq, badiiy mushohada, ijodkor poetik mahorati kabi estetik qonuniyatlar negizida dalillangan mulohazalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniyiy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” va “Jahon adabiyoti” radioeshittirishning 2023-2024 yillar davomida tadqiqot mavzusiga oid suhbatlar tayyorlangan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2024 yil 19 yanvardagi O‘z/R-04-36-95-son ma’lumotnomasi). Natijada Herta Myuller romanlarining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-estetik ahamiyati radio eshittirishlarning mazmun-mohiyatini boyitishda nazariy asos vazifasini o‘tagan.