Rajabov Habibullo Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida davlatning axborot siyosati (O‘zbekiston Respublikasi misolida)», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD.Siyos96.
Ilmiy rahbar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Gaibnazarov Shuhrat Gaibnazarovich, siyosiy fanlar doktori; Qudratxo‘jaev Sherzodxon Tojiddinovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida davlat axborot siyosatining nazariy metodologik asoslarini o‘rganish hamda O‘zbekistonda davlatning axborot siyosatini rivojlantirishning yanada samarali chora va vositalarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashgan axborot makonida axborot siyosatining milliy xususiyatlardan uzilib qolmasligi va global axborot resurslaridan foydalanishda ma’naviy mezonlar ustuvorligining zarurati asoslangan;
globallashuv sharoitida shaxs, davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlashda davlatning axborot siyosatini takomillashtirish mexanizmlarining funksional, instrumental jihatlari asoslab berilgan;
davlatning axborot siyosatidagi milliylik, fuqaroviy birlik va umuminsoniylik tamoyillarining davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishga ta’siri ochib berilgan;
axborot siyosatini samarali amalga oshirish borasida qonunchilikka “axborot siyosati” tushunchasini kiritish, davlatning “axborot siyosati konsepsiyasi”ni yaratish zarurati asoslangan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida davlatning axborot siyosati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama tahlil etish, internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari bo‘yicha natijalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturining V bobi “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshka tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar” qismining 42-bandida belgilangan internet maydonida ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali kurashishni ta’minlash maqsadida Markaz va hududiy bo‘linmalar, ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirokida “Internet maydonidagi ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida turkum hududiy va masofaviy seminar-treninglar tashkil etishda keng foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 20 iyuldagi 01/09-846-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaz faoliyatida axborot-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish borasidagi faoliyatining sezilarli darajada takomillashuvi kuzatilgan;
axborot siyosatini amalga oshirishning samarali mexanizmlari yuzasidan mavjud qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalari “axborot siyosati konsepsiyasi”ning loyihasi yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2018 yil 27 iyuldagi 05-2698-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish, qonunlarda axborot siyosati tushunchasiga aniq ta’rif berish, mas’ul davlat organlarining vakolat va vazifalarni huquqiy tartibga solish uchun xizmat qilgan.