Isashova Umidaxon Anvarjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ituzumdoshlar oilasiga mansub ekinlarda zarar keltiruvchi g‘ovaklovchi pashshalar (Agromyzidae) va ular miqdorini boshqarish usullari», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx299.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Shuhrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamatov Kamol Shavqievich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ituzumdoshli sabzavot ekinlari agrobiotsenozda g‘ovaklovchi pashsha turlarining tarqalishi, biologik xususiyatlari, tabiiy kushandalari, samarali entomofag turlarini tanlash, populyasiyalarining o‘zaro nisbati, ular miqdorini boshqarishda biologik va kimyoviy usullarni qo‘llash asosida ularning miqdorini boshqarish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati sharoitida ituzumdoshlar oilasiga mansub bo‘lgan ekinlar agrobiotsenozda uchraydigan g‘ovaklovchi pashsha turlari sistematik tahlil qilingan;
Andijon viloyati sharoitida g‘ovaklovchi pashshalar miqdorini boshqarishda entomofag turlari aniqlanib, entomofag-xo‘jayin munosabatlarining shakllanishi, ular populyasiya zichligining o‘zgarishi ilmiy asoslangan;
g‘ovaklovchi pashshalar miqdorini boshqarish maqsadida issiqxona sharoitida parazit entomofaglari Dacnusa sibirica, Digliphus isae turlari qo‘llanilgan va ularning biologik samaradorligi aniqlangan;
O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan g‘ovaklovchi pashshalar turlari, biologik xususiyatlari, ekin turlari va populyasiyalar bo‘yicha farqlanishi isbotlangan;
g‘ovaklovchi pashshalar turlarining samarali entomofag turlari aniqlanib, ularni ko‘paytirish va qo‘llashning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ituzumdoshli ekinlarda g‘ovaklovchi pashshalar miqdorini boshqarishda yuqori samaraga ega bo‘lgan kimyoviy vositalar aniqlangan va ularga qarshi kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ituzumdosh ekinlarda g‘ovaklovchi pashshalar (Agromyzidae) sistematik tahlili, bioekologiyasi va ekin turlari bo‘yicha rivojlanishi, entomofag turlari, xo‘jayin-entomofag munosabatlari, ular miqdorini boshqarish usullari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
g‘ovaklovchi pashshalar (Liriomyza sativae Blanch) turlari miqdorini boshqarishda samarali entomofag turini tanlash, ko‘paytirish va qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish asosida zararkunanda miqdorini boshqarish usullari ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/023-302-son ma’lumotnomasi). Natijada parazitlarning g‘ovaklovchi pashshalar miqdorini boshqarishdagi biologik samaradorligi 64,0–75,5 foizni tashkil etgan;
Andijon viloyati issiqxona sharoitida pomidordagi Liriomyza sativae turi miqdorini samarali boshqarish maqsadida uning parazitlari Dacnusa siberica, Diglyphus isaea turlari belgilangan muddat va me’yorlarda qo‘llash texnologiyalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/023-302-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan o‘rtacha 22–25 sentner pomidor hosilini saqlab qolish imkonini bergan;
ochiq va yopiq inshootli sabzavotchilikda g‘ovaklovchi pashshalarning sonini samarali boshqarish uchun kimyoviy vositalar turlari, ularni qo‘llash maqbul me’yor va muddatlari ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 17 noyabrdagi 02/023-302-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘ovaklovchi pashshalar miqdorini boshqarishda o‘rtacha 86,4 foiz biologik samaradorlikka erishilgan va ochiq maydonda gektaridan 25–27 sentner, issiqxona sharoitida esa 30–32 sentner sabzavot ekinlari hosilini saqlab qolishga erishilgan.