Shabarova Nulifar Normumin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertagi kartoshka navlarini tuganak va o’simtalaridan jadal o’stirish texnologiyasini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O’simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1550
Ilmiy rahbar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Azizov Baxram Muzaparovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Eshonqulov Bobur Ma’murovich, qishloq xo’jaligi fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kartoshka yangi rayonlashtirilgan tezpishar, o’rtatezpishar navlaridan o’simtalar chiqimi hamda o’simta va tuganaklaridan o’stirib, o’sishi, rivojlanishi, fotosintetik faolligi va mahsuldorlik ko’rsatkichlarining shakllanishi bo’yicha baholash asosida istiqbolli moslanuvchan navlarni ajratish, ulardan yuqori, sifatli va arzon hosil olish agrotexnologiyasini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo’z tuproqlar sharoitida ilk bor ertagi kartoshkaning yangi va rayonlashtirilgan tezpishar, o’rtatezpishar navlari urug‘lik tuganaklar vazniga qarab ko’chat chiqimi, tutuvchanligi, o’simta hamda o’simtasiz tuganaklari makroo’g‘it va o’stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanmasdan va ishlanib ekib o’stirilganda o‘simlikning o’sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, mahsuldorlik va hosildorlik ko‘rsatkichlari bo’yicha har tomonlama baholanib, o’simta va tuganaklaridan ertagi ekin sifatida o’stirishga mos istiqbolli Saviola, Sylvana, Evolution, Bog‘izog‘on, Ultraeshim, Yangi O‘zbekiston-Sayqal navlari ajratilgan;
ajratib olingan navlarda maqbul ko’chat (o’simta) chiqimi (2,6-3,1 dona va ziyod) 30-70 g urug‘lik tuganaklar ekilganda olinib, o’suv davri 74-84 kunni tashkil qilib, tuganak ekiniga nisbatan 5-7 kunga qisqarishi, o’simlik baland bo’yli (80,4-82,9 sm), serbargli (82,2-89,2 dona), barg sathli (0,57-0,65 m2, maydon birligida esa 31,1-35,8 ming m2), paykalning eng yuqori fotosintetik potensiali (2007,7-2475,0 ming m2/ga x kun), bargdagi xlorofill miqdori (475,3-506,0 mg/100 g), fotosintez sof mahsuldorligi (5,07-5,66 g/m2 sutkada), 1 tup palak vazni (272,7-293,6 g), tuganak hosili (544,8-567,3 g), tovar hosildorlik (22-25 t/ga) bo’lishi aniqlangan;
kartoshka sinalgan navlari o’simtalardan o’stirilganda o’simlikning o’suv davri va bo’yi o’rtasida korrelyasion bog‘liqlik o’rta darajaga yaqin (r=0,135, R2=0,0184), o’suv davri va barg sathi o’rtasida o’rtacha (r=0,206, R2=0,0422), maydondagi barg sathi va paykalning fotosintetik potensiali orasida yuqori darajada (r=0,819, R2=0,6708), bargdagi xlorofill va fotosintez sof mahsuldorligi orasida yuqori darajaga yaqin (r=0,809, R2=0,6540), palak vazni va tuganak hosili o’rtasida yuqori darajada (r=0,943, R2=0,8892), mahsuldorlik va hosildorlik o’rtasida yuqori darajada (r=0,966, R2=0,9336) ijobiy korrelyasiya mavjudligi aniqlangan;
tanlangan kartoshka navlari o’simtalaridan turli tup qalinliklarida, o’simtasi sindirib olingan urug‘lik tuganaklar makroo’g‘it va o’stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanib hamda ishlanmasdan ekilganda fenologik fazalar ro’y berishi va o’tishi, o’simlik o’sishi, rivojlanishi, fotosintetik faolligi, fotosintez sof mahsuldorligi, palak va tuganak hosili shakllanishi, umumiy, tovar, sof hosildorligi va ko’payish koeffisientiga ta’siri qiyosiy baholangan;
kartoshkaning tezpishar Ultraeshim, Yangi O‘zbekiston-Sayqal va Evolution navlari birinchi o’simtali 50-70 g urug‘lik tuganaklari ekilganda hosildorlik gektaridan 31,2-32,8 tonna, tovar hosil 31,1-32,7 t/ga, sof hosildorlik 27,8-29,4 t/ga, ko’payish koeffisienti 8,4-8,9 ni, o’simtasi olingan tuganaklar makroo’g‘it va o’stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanib ekilganda esa hosildorlik 27,4-28,4, tovar hosil 27,2-28,0 t/ga, sof hosildorlik 23,9-24,7 t/ga, ko’payish koeffisienti 7,2-7,5 ni tashkil etganligi aniqlangan;
tanlangan kartoshka navlari o’rtacha hosildorligi va sof hosildorlik o’rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajaga yaqin bo’lib, korrelyasiya koeffisienti r=0,857 (R2=0,7352) ga teng ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo’z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka navlarini tuganak va o’simtalaridan jadal o’stirish texnologiyasini takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ertagi kartoshka yangi navlarini tuganak va o‘simtalaridan jadal ko‘paytirish agrotexnologiyasiga oid tavsiyalar” ishlab chiqilgan hamda Qashqadaryo viloyatida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/06-02-962-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma viloyat fermer xo‘jaliklari rahbar-mutaxassislari, kartoshka etishtiruvchi dehqon xo‘jaligi va erdan foydalanuvchilarga muhim ilmiy uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kartoshkaning yangi va rayonlashtirilgan tezpishar, o‘rtatezpishar Saviola, Sylvana, Evolution, Bog‘izog‘on, Ultraeshim, Yangi O‘zbekiston-Sayqal navlari Qahqadaryo viloyatning och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida jami 4,9 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/06-02-962-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simtalardan ekilganda gektaridan navlar bo‘yicha 21-26 tonna, o‘simtasi olingan tuganaklardan ekilganda 25-28 tonnadan hosildorlikka erishilib, 2,4-4,9 tonnaga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;
kartoshkaning tezpishar Ultraeshim, Yangi O‘zbekiston-Sayqal va Evolution navlari birinchi o‘simtali 50-70 g urug‘lik tuganaklaridan hamda o‘simtasi olingan tuganaklar makroo‘g‘it va o‘stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlangan holda ekish texnologiyasi Qarshi tumanidagi A.Rajabov fermer xo‘jaligida 3,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/06-02-962-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshkaning birinchi o‘simtali 50-70 g urug‘lik tuganaklari ekilganda hosildorlik gektaridan 31,2-32,8 tonna, tovar hosil 31,1-32,7 t/ga, sof hosildorlik 27,8-29,4 t/ga, ko‘payish koeffisienti 8,4-8,9, o‘simtasi olingan tuganaklar makroo‘g‘it va o‘stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanib ekilganda esa hosildorlik 27,4-28,4, tovar hosil 27,2-28,0 t/ga, sof hosildorlik 23,9-24,7 t/ga, ko‘payish koeffisienti 7,2-7,5 bo‘lishiga erishilgan;
kartoshkaning Gala, Evolution, Ultraeshim va Yangi O‘zbekiston-Sayqal navlari birinchi o‘simtali 50-70 grammlik urug‘lik tuganaklar 90x20x1 tartibda, uzunligi 12-15 santimetrli o‘simtalar 90x20x2 tartibda, o‘simtasiz 50-70 grammlik urug‘lik tuganaklar 4% li ammofos + 0,005 % gibberellin + 0,02 % qahrabo kislotasi eritmasida ishlanib, 90x20x1 tartibda ekish texnologiyasi Qarshi shahri “Development Grand” mas’ulyati cheklangan jamiyatiga qarashli 1,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 1-noyabrdagi 05/06-02-962-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kartoshka navlari birinchi o‘simtali 50-70 g urug‘lik tuganaklari bilan ekilganda 27,2-31,1 t/ga hosildorlik, 15,8-22,0 mln. so‘m sof daromad, 47,6-64,9 % rentabellikni, 12-15 sm uzunlikdagi o‘simtalari 90x20x2 tartibda ekilganda gektaridan hosildorlik 20,5-24,4 tonnani, sof daromad 7,3-13,6 mln. so‘mni, rentabellik 24,9-44,9 % ni, o‘simtasi sindirib olingan urug‘lik tuganaklar makroo‘g‘it va o‘stiruvchi stimulyatorlar eritmasida ishlanib 90x20x1 tartibda ekilganda esa 23,3-26,5 t/ga hosildorlik, 9,7-15,6 mln. so‘m sof daromad va 30,1-49,0 % rentabellikni ta’minlagan.