Urinov Bobur Nasilloevichning
falsafa doktori (PHD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarda personalni boshqarishning korporativ usulidan foydalanish samaradorligi», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt239.
Ilmiy rahbar: Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda personalni boshqarishning korporativ usulidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ korxonalarda xodimlarning ish haqini hisoblashda jamoa mehnati samaradorligi va individual mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining uyg‘unlashgan holda qo‘llanilishining mehnat unumdorligiga ta’siri asoslangan;
xodimlarning korxona foydasi shakllanishi va taqsimlanishidagi ishtirokini motivatsiyalash orqali korxonada personalni boshqarishning korporativ usuli samaradorligini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
xodimlarning mehnat unumdorligiga ta’sir etadigan ish haqi fondi, ma’lumot darajasi, rahbar xodimlar soni va personal qo‘nimsizligi ko‘rsatkichlari asosida korxonada personalni boshqarish samaradorligini baholash usuli takomillashtirilgan;
personalni korporativ boshqarish modeli asosida korxonalarda assotsiatsiyalashgan mulkdorlarni shakllantirish orqali samaradorlikni oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalarda personalni korporativ boshqarish usulidan foydalanish samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korporativ korxonalarda xodimlarning ish haqini hisoblashda jamoa mehnati samaradorligi va individual mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarining uyg‘unlashgan holda qo‘llanilishining mehnat unumdorligiga ta’sirini asoslash bo‘yicha berilgan taklif «Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati faliyatiga joriy etilgan («Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 25 apreldagi 369-son ma’lumotnomasi). Korxonada mehnatga haq to‘lashning jamoa mehnati samaradorligi va individual mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlarini uyg‘unlash holda qo‘llash natijasida «Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatida personalning mehnat unumdorligi 12 foizga oshgan;
xodimlarning korxona foydasi shakllanishi va taqsimlanishidagi ishtirokini motivatsiyalash orqali korxonada personalni boshqarishning korporativ usuli samaradorligini oshirish mexanizmi «Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 25 apreldagi 369-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida quyi va o‘rta bo‘g‘in boshqaruv personalining mehnat motivatsiyasi oshib, korxona strategik rejalari bajarilishi samardorligiga erishilgan;
xodimlarning mehnat unumdorligiga ta’sir etadigan ish haqi fondi, ma’lumot darajasi, rahbar xodimlar soni va personal qo‘nimsizligi ko‘rsatkichlari asosida korxonada personalni boshqarish samaradorligini takomillashtirilgan baholash usuli «Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 25 apreldagi 369-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan baholash usuli yordamida «Buxorodonmahsulotlari» AJning istiqboldagi rivojlanish ko‘rsatkichlari va korxona personalining yaqin besh yillik mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan yo‘nalishlar belgilab olingan, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari 2019–2022 yillarda 10-12 foizni tashkil etishi aniqlangan;
personalni korporativ boshqarish modeli asosida korxonalarda assotsiatsiyalashgan mulkdorlarni shakllantirish orqali samaradorlikni oshirish mexanizmi «Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Buxorodonmahsulotlari» aksiyadorlik jamiyatining 2018 yil 25 apreldagi 369-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona boshqaruv personalining mehnat unumdorligi 11 foizga oshgan.