Baxramova Dilbar Baxramovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlarini iqtisodiy-statistik tahlili (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt699.

Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Mirzatilla Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hududlar aholisini  ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlarini tizimli statistik tahlil etish va prognozlash metodologiyasini takomillashtirish hamda diskriptiv usullarni qo‘llash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining natijalarini kompleks statistik tahlil qilish metodologiyasi ko‘rsatkichlar dinamikasi, tendensiyalarni analitik tekslash, o‘rtachalar, standart xato, moda va mediana, tanlov dispersiyasi, korrelyasion-regression tenglamalar, indeks  va dekompozisiya usullari,  Lorens hamda Djini koeffisientlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;

aholini ijtimoiy himoyalashning tizimli statistik  ko‘rsatkichlari, optimal tarkibi va mezoni taklif etilgan,   normal ta’minlangan va himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi guruhlarining moddiy farovonliklari dinamikasidagi farqlarni pasaytirish tadbirlari (davlatning monetar va moddiy qo‘llab-quvvatlashi, oilaviy tadbirkorlikni faollashtirish hamda iste’mol savatchasini joriy etish asosida) ishlab chiqilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari (kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar)ning  pul daromadlarini o‘rganishda normal  va logarifmik normal taqsimot modellaridan foydalanish va ularni prognozlashda iste’mol savatchasi, iste’mol byudjeti ko‘rsatkichlari hamda aktuar variantlar dispersiyasini qo‘llash taklif etilgan;

ijtimoiy himoyalashning statistik tadqiqotlarida moddiy va monetar yordam turlari ekvivalentligini ta’minlash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish asosida  aholi daromadlaridagi differensiatsiyani  qisqartirish taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Aholini ijtimoiy himoyalashni statistik usullardagi tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining natijalarini kompleks statistik tahlil qilish metodologiyasi ko‘rsatkichlar dinamikasi, tendensiyalarni analitik tekislash, o‘rtachalar, standart xato, moda va mediana, tanlov dispersiyasi, korrelyasion-regression tenglamalar, indeks  va dekompozisiya usullari,  Lorens hamda Djini koeffisientlarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan  diskriptiv metodikasi  O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 01/1-01-17-118-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar kesimida davlatning ijtimoiy himoyalash siyosatining samarasini tizimli statistik tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;

aholini ijtimoiy himoyalashning tizimli statistik  ko‘rsatkichlari, optimal tarkibi va mezoni taklif etilgan,   normal ta’minlangan va himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi guruhlarining moddiy farovonliklari dinamikasidagi farqlarni pasaytirish (davlatning monetar va moddiy qo‘llab-quvvatlashi, oilaviy tadbirkorlikni faollashtirish hamda iste’mol savatchasini joriy etish asosida) bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlar Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Qashqadaryo viloyati Statistika boshqarmasining 2018 yil 15 mart 01/1-02-03/4-216-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining ijtimoiy himoyalash statistik ko‘rsatkichlarini 20 foizga kengaytirib, aholi keng qatlamlarini maqsadli himoyalashni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari (kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar)ning  pul daromadlarini o‘rganishda normal  va logarifmik normal taqsimot modellaridan foydalanish va ularni prognozlashda iste’mol savatchasi, iste’mol byudjeti ko‘rsatkichlari hamda aktuar variantlar dispersiyasini qo‘llash bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 01/1-01-17-118-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda kompleks rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishida xalqaro talablar va standartlarga mos keluvchi statistik tahlilning zamonaviy usullari hamda ko‘rsatkichlarini, baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha statistik uslubni takomillashtirish imkonini bergan;

ijtimoiy himoyalashning statistik tadqiqotlarida moddiy va monetar yordam turlari ekvivalentligini ta’minlash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish asosida  aholi daromadlaridagi differensiatsiyani  qisqartirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 21 maydagi 01/1-01-17-118-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy himoyalashda davlatning byudjetdan ko‘rsatilayotgan yordamini yiliga 8 foizga qisqartirish, oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlikdan keladigan daromadlar ulushini 5,5 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish