Maxammadiev Marat Mamadiyorovichning
 pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badmintonchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4628.
Ilmiy rahbar: Kipchakov Baxodir Baxriddinovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Jammatov Jasurbek Sharipovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi badmintonchilarni boshlang‘ich tayyorlov bosqichida koordinatsion qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badmintonchilarni tayyorlashning umumiy xususiyatlari va zaruratini aniqlash hamda badmintonchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish hisobiga yosh badmintonchilarning murakkab texnik harakatlarni to‘g‘ri bajarish imkoniyati kengaytirilgan;
badmintonda musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uchun muhim bo‘lgan umumiy va maxsus koordinatsion qobiliyatlarini jismoniy sifatlarning rivojlanish bilan bog‘liqligini aniqlash orqali mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarning ritmik, kinestetik va reaktiv muvozanatni saqlash qobiliyatlarini rivojlantirish hisobiga maxsus mashqlar tizimi takomillashtirilgan;
10-11 yoshli badmintonchilarning umumiy va xususiy koordinatsion qobiliyatlarini namoyon boʻlish shakllari, bosqichlari va tayyorgarlik tamoyillarini inobatga olib barcha uchun birdek mos keluvchi innovatsion platformani yaratish hisobiga badminton sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida badmintonchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni o‘rgatuvchi “Badminton” nomli mobil ilova ishlab chiqish hisobiga shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarni mustaqil o‘zlashtirish hamda koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyati oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badmintonchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
badmintonchilarni tayyorlashning umumiy xususiyatlari va zaruratini aniqlash hamda badmintonchilarning tayyorlashning boshlang‘ich bosqichida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi sportning o‘yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024-yil 1-fevral 08-01/04/20/1093-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh badmintonchilarning hujum ko‘rsatkichi l0,7%ga, javob qaytarish qobiliyati (hujum samaradorligi) 15,3%ga, qarshi hujum ko‘rsatish qobiliyati 12,5%ga himoya ko‘rsatkichi 10,9%ga o‘sishiga erishilgan; 
badmintonda musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish uchun muhim bo‘lgan umumiy va maxsus koordinatsion qobiliyatlarini jismoniy sifatlarning rivojlanish bilan bog‘liqligini aniqlash orqali badminton mashg‘ulotlarida koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantiruvchi maxsus mashqlar tizimini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Badminton” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2024-yil 30-yanvardagi 7-son qarori nashr guvohnomasi №308). Natijada shug‘ullanuvchilarning ritmik, kinestetik va reaktiv muvozanatni saqlash qobiliyatlari 12,7% ga yaxshilangan;
10-11 yoshli badmintonchilarning umumiy va xususiy koordinatsion qobiliyatlari rivojlantirish koordinatsion qobiliyatlarini namoyon boʻlish shakllari, bosqichlari va tayyorgarlik tamoyillarini inobatga olib barcha uchun birdek mos keluvchi innovatsion platforma yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Badminton federatsiya, O‘zbekiston Badminton federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi hamda Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlaridagi sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024-yil 1-fevral 08-01/04/20/1093-son ma’lumotnomasi). Natijada badminton bilan shug‘ullanuvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 12,6% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 13,4% oshishiga erishilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida badmintonchilarning koordinatsion qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan individual, guruhli va jamoaviy texnik-taktik harakatlarni o‘rgatuvchi “Badminton” nomli mobil ilova ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi 2024-yil 1-fevral 08-01/04/20/1093-son ma’lumotnomasi). Natijada shug‘ullanuvchilarning badminton sport turi texnik elementlarini to‘g‘ri bajarish imkoniyati 14,2% ga yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish