Abdurahmanova Sayyora Bozorboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili dialektal korpusi ma’lumotlar bazasini shakllantirish”, 10.00.11 – Til nazariysi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2818.
Ilmiy rahbar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Hamroeva Shahlo Mirjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xolova Muyasar Abdulhakimovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili dialektal korpusi ma’lumotlar bazasini shakllantirishning nazariy, kompyuter-texnologik asoslarini ishlab chiqish,  lakunar birliklarga asoslangan subkorpusning lingvistik ta’minotini yaratish, lingvistik annotatsiyalash tamoyillarini belgilash va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek dialektal korpusining ekstralingvistik va intralingvistik ma’lumotlar bazasi tizimlashtirilib, o‘zbek shevalaridagi uch mingdan ortiq lakunar birliklar jamlanib, milliy korpus uchun mo‘ljallangan lingvistik ta’minot yaratilgan;
o‘zbek tilida yaratilayotgan milliy korpus asoslari o‘rganilib, dialektal subkorpuslarning o‘rni belgilangan va lakunar birliklarning fonetik, morfologik xususiyatlari  adabiy til bilan qiyoslangan holda ochib berilgan; 
o‘zbek dialektal korpusidagi lakunar birliklarni semantik annotatsiyalash imkonini beruvchi nutq birliklarining lug‘aviy-ma’noviy guruhlari, lug‘aviy-mazmuniy maydoni aniqlangan. 
o‘zbek tili korpusida lakunar birliklarni lingvistik annotatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan, ularning ishlash tamoyillari tajriba natijalari orqali taqdim etilgan,  natijalar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tili dialektal korpusi ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
dialektal korpusning kompyuter-texnologik asoslari, qarluq, o‘g‘uz, qipchoq lahjalari lakunar birliklarining ma’lumotlar bazasini yaratish tamoyillari, lakunar birliklarning adabiy tilni ichki imkoniyat asosida boyitish imkoniyatlarini yorituvchi xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil  7-iyundagi 17-1107-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek shevalaridagi lakunar birliklar sub korpusini turkiy tillar leksik boyligi bilan qiyoslash imkoniyati yaratilgan;
o‘zbek dialektal korpusining lakunar birliklarga  asoslangan ma’lumotlar bazasidagi narsa-buyum otlari, belgi bildiruvchi, harakat-holat ifodalovchi leksemalarning semantik-struktur xususiytalariga oid xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-iyundagi 05/1-1262-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’lim korpusining adabiy til va shevalarga  oid lingvistik bazasi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
o‘zbek shevalaridagi lakunar birliklar, ya’ni adabiy tilda mavjud, lekin nomlanmagan tushunchalarni ifodalovchi lug‘aviy birliklar ajratilib uning natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-iyundagi 05/1-1262-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek shevalaridagi lakunar birliklar asosidagi dialektal korpusning ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, alohida sayt yaratilgan va internet tizimiga joylashtirilgan;
o‘zbek shevalarining adabiy tilni ichki imkoniyatlar asosida boyitish omillari, lakunar birliklarning o‘zbek tili egalari milliy-madaniy qarashlari, tafakkur tarzi, idrok darajasini namoyon etuvchi til birliklari sifatidagi qiymatiga oid xulosalardan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 25-avgustdagi № 222-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv ssenariylari o‘zbek tili taraqqiyoti, ichki omil, adabiy til va sheva munosabati, lakunar birliklarning saqlanib qolishi va keyingi avlodga etkazilishida dialektal korpuslarning ahamiyati haqidagi materiallar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish