Ikramova Saida Alimdjanovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasi va milliy o‘ziga xoslik» 10.00.11– til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2018.1.PhD/Fil409.

Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna,filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Siddiqovna,filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

II. Tadqiqotning maqsadi: olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasi va milliy o‘ziga xoslikni ifodalovchi til vositalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

olamning lisoniy manzarasida inson va makon munosabati, uning tilda voqelanishi, makon maydoniga makon semasi mavjud bo‘lgan o‘rin-joy otlari bilan bir qatorda, makonga ishora qiluvchi  narsa-predmet otlari, makonni ifodalovchi so‘z birikmalari va gaplar, hatto makon affikslari ham mansub bo‘la olishi dalillangan;

makon kategoriyasi birliklari funksional-semantik jihatdan, makonda harakatlanish, joylashish va vaziyatga oid munosabatlar asosida subkategoriyalarga ajratgan holda aniqlangan;

makonda yo‘nalish, harakatlanish va joylashishni ifodalovchi til birliklarining universal va idioetnik jihatlari badiiy diskurs misolida yoritib berilgan; 

olamning milliy manzarasida makonning paremiyalar orqali voqelanishi yoritilgan, makonni ifodalovchi frazeologizmlar va maqollarda makon semali so‘zlar milliy madaniyatga mansub ekanligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasi va uning o‘zbek, rus va ingliz tillarida ifodalanishi hamda milliy o‘ziga xosligi muammosining tadqiqi asosida:

o‘zbek, rus va ingliz tillarida lisoniy birliklar orqali aniqlashtirilgan olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasining milliy o‘ziga xosligidan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 89-03-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada tilni antropotsentrik paradigma doirasida tadqiq etish asosida ichki va tashqi, birlamchi, ikkilamchi; real, virtual; muvaqqat, doimiy; dinamik hamda statik makon tushunchalari orqali makon kategoriyasining mohiyati to‘liq ochib berilgan;

makonda harakatlanish, joylashish va vaziyatga oid munosabatlar bo‘yicha takomillashtirilgan makon kategoriyasi birliklarining funksional-semantik guruhlaridan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 apreldagi 89-03-1479-son ma’lumotnomasi). Natijada olam manzarasida makon tushunchasi, turli tillarning milliy-madaniy xususiyatlarini o‘zida namoyon qiluvchi makon kategoriyasini ifodalovchi birliklar, makonning ko‘p o‘lchovli va keng qamrovliligining inson faoliyati va borliqni o‘rganishdagi ahamiyati, shuningdek, olamning lisoniy manzarasida makon kategoriyasini ifodalovchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari aniqlangan;

badiiy diskurs asosida dallillangan makonni ifodalovchi lisoniy birliklarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi universallik va idioetnik jihatlaridan A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 apreldagi 89-03-1287-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha doirasida bakalavrlar uchun Vocabulary I va Reading I nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan;

olamning milliy manzarasida milliy o‘ziga xosligi bo‘yicha  isbotlangan makonning paremiyalar (frazeologik birliklar va maqollar) orqali  voqelanishidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan 2018 yil 25 martda tayyorlangan «Bedorlik» radioeshittirishini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2018 yil 25 apreldagi 04-25-636 son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar olam lisoniy manzarasining makonni ifodalovchi paremiyalarda voqelanishi va milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish