Abdusattorov Sarvar Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi: Sog‘liqni saqlash muassasalarida axborot texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirish, ixtisoslik shifri: 08.00.14 - Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2022.2.PhD/Iqt2319.
Ilmiy rahbar: Uralov Akbarali Babanazarovich iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti 
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Shermuxamedov Abbos Toirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor  Qo‘chqorov Toxir Safarovich
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi axborot texnologiyalarni joriy etish asosida sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatining tibbiy, iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida milliy sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar va indikatorlarni qo‘llash hisobiga axborot texnologiyalarni joriy etishning uslubiy jihatlari asoslangan;
xalqaro standart va tamoyillarni hisobga olib, milliy sog‘liqni saqlash muassasalarida axborot almashinuv jarayonlariga raqamli axborot texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy etish maqsadida tibbiy ma’lumotlar aylanishining konseptual modeli asosida “Tibbiy hisob hujjatlarini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturiy mahsuloti ishlab chiqilgan;
 tibbiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorlik darajasini kompleks baholashni uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash muassasalarida axborot almashinuv jarayonlariga axborot texnologiyalarni keng qo‘llash hamda samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
 sog‘liqni saqlash muassasalarining axborot almashinuv jarayonlariga axborot texnologiyalarni qo‘llash bilan bog‘liq investisiyalarning samaradorlik darajasini baholash asosida tibbiyot muassasa faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli (2024-2030 yy) prognoz ko‘rsatkichlar tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatiga axborot texnologiyalarni joriy etish asosida: 
 tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida milliy sog‘liqni saqlash sohasi faoliyatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar va indikatorlarni qo‘llash hisobiga raqamli axborot texnologiyalarni joriy etishning uslubiy jihatlari bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 3 dekabrdagi 02-28/28303-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar sog‘liqni saqlash tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ijtimoiy, iqtisodiy hamda tibbiy samaradorlikka erishishning uslubiy jihatlarini baholash imkonini yaratgan;
xalqaro standart va tamoyillarni hisobga olib, milliy sog‘liqni saqlash muassasalarida axborot almashinuv jarayonlariga raqamli axborot texnologiyalarni keng ko‘lamda joriy etish maqsadida tibbiy ma’lumotlar aylanishining konseptual modeli asoslangan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligi tomonidan 2020 yil  13 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan (DGU 09185). Natijada “Tibbiy hisob hujjatlarini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi” dasturiy mahsuloti ishlab chiqilgan;
 tibbiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorlik darajasini kompleks baholashni uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida sog‘liqni saqlash muassasalarida axborot almashinuv jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash hamda samaradorlikni oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 3 dekabrdagi 02-28/28303-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida  tibbiyot muassasasida raqamli taxnologiyalar joriy etish samaradorligini kompleks baholashning sxemasi ishlab chiqilgan.
 sog‘liqni saqlash muassasalarining axborot almashinuv jarayonlariga raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida muassasa faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli (2024-2030 yy) prognoz ko‘rsatkichlar tuzilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 3 dekabrdagi 02-28/28303-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar  sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish hamda istiqbollarini baholash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish