Berdiev Tolib Tursunniyazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxon-Sherobod vohasi cho‘l mintaqasi cug‘oriladigan tuproqlarining kimyoviy holati, fizik-kimyoviy xossalari va unumdorligini oshirish yo‘llari», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/V46.

Ilmiy rahbar: Toshqo‘ziev Maruf Mansurovich, biologiya  fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘ulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdraxmonov To‘xtasin, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Surxon-Sherobod vohasi cho‘l mintaqasi asosiy sug‘oriladigan tuproqlarining kimyoviy, fizik-kimyoviy xossa-xususiyatlari aniqlash hamda tuproq unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy echimlar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

il fraksiyasini, mayda dispers zarrachalari hamda organik moddalar miqdorini oshirish orqali hudud tuproqlarida kimyoviy, fizik-kimyoviy, suv-fizik xossalarini yaxshilanishi aniqlangan;

hududning asosiy sug‘oriladigan tuproqlarini singdirish sig‘imi, singdirilgan kationlar tarkibi va il zarrachalarining adsorbsiya xususiyatlari aniqlangan;

singdirilgan natriyni ulushi tuproq tip va tipchalari bo‘yicha farqlanishi va hudud tuproqlarida kuchsiz sho‘rtoblanish jarayoni aniqlangan;

sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlarini organik moddaga boyitish orqali unumdorligini tiklash va oshirishga doir ilmiy-amaliy echimlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surxon-Sherobod vohasi cho‘l mintaqasi cug‘oriladigan tuproqlarining kimyoviy holati, fizik-kimyoviy xossalari va unumdorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tuproqlarni organik moddaga boyitish orqali unumdorligini qayta tiklash va oshirish agrotexnologiyasi Surxondaryo viloyati Angor tumanida 202 ga maydonga joriy etilgan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 iyuldagi 03-05-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada qisqa muddatda tuproqdagi gumus miqdorini 0,125–0,135 %ga, fosforni 0,03–0,09 %ga, kaliyni 0,06–0,15 %ga oshirish imkonini bergan;

mineral o‘g‘itlar me’yorini 1,5 marta kamaytirib asosiy, takroriy va oraliq (siderat) ekinlari etishtirish tizimi Angor tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 202 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 02/023-177-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqlarning organik moddaga boyishi, oziqa rejimini yaxshilanishi hisobiga paxtadan 3,8–5,2 s/ga, kuzgi bug‘doydan 9,4–11 s/ga, moshdan 2,1–3,4 s/ga qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan;

Surxondaryo viloyati janubiy tumanlari tuproqlarida kuchsiz sho‘rtoblanish jarayonini oldini olishga doir chora-tadbirlari Angor tumanida 202 gektar maydonga joriy qilingan (Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 9 iyuldagi 03-05-5452-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy va ekologik-meliorativ holatini yaxshilanishi hisobiga asosiy oziqa elementlari zahirasini 3,6–6,0 t/ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish