Rasulov Shoxruhbek Jahongirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Finansovie mexanizmi regulirovaniya innovatsionnogo obespecheniya razvitiya predpriyatiy (Korxonalar rivojlanishining innovatsion ta’minotini boshqarishning moliyaviy mexanizmlari)”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1324.
Ilmiy rahbar: Alieva Susanna Seyranovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Hamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarning innovatsion ta’minotini tartibga solishning moliyaviy mexanizmining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganish va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kafolatlangan xomashyo bazasini ta’minlash, venchur fondini tashkil etish asosida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish orqali korxonaning innovatsion rivojlanishini moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish zarurligi asoslangan;
an’anaviy va innovatsion yo‘nalishdagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishning ichki moliyaviy instrumentlari asosida strategik innovatsion hamkorlarni jalb qilish orqali ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini va innovatsion mahsulotlarni sotishni ko‘paytirish jarayoni takomillashtirilgan;
innovatsion mahsulotning ilmiy ishlanmalarini rivojlantirish ssenariylarini tahlil qilish va innovatsion mahsulot xarajatlari tarkibining optimal darajasini shakllantirish maqsadida salbiy inqiroz hodisalarini aks ettiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish asoslangan;
innovatsiya va texnologiyalar markazlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun aggregatsiyalangan maqsadli funksiya modeli yordamida, keltirilgan xarajatlar variantlarini hisobga olgan holda venchur moliyalashtirish faoliyatini kengaytirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalar rivojlanishining innovatsion ta’minotini boshqarishning moliyaviy mexanizmlari takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
kafolatlangan xomashyo bazasini ta’minlash, venchur fondini tashkil etish asosida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish orqali korxonaning innovatsion rivojlanishini moliyaviy ta’minlashni rivojlantirish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 12-iyuldagi 08-18-8-542-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamg‘armaning egiluvchan innovatsion siklning dastlabki bosqichlarida geologiya-qidiruv ishlari, qazib olish va qayta ishlash jarayonlariga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirishga yordam bergan, bu esa ushbu jarayonlarga innovatsion texnika (texnologiya) larni joriy etishni tezlashtirish maqsadida qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb qilishni ta’minagan;
an’anaviy va innovatsion yo‘nalishdagi investisiya loyihalarini moliyalashtirishning ichki moliyaviy instrumentlari asosida strategik innovatsion hamkorlarni jalb qilish orqali ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini va innovatsion mahsulotlarni sotishni ko‘paytirish jarayoni takomillashtirilga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165-son “2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga 1-ilovasini shlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 12-iyuldagi 08-18-8-542-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz tarmog‘i korxonalarining innovatsion faoliyatini moliyaviy ta’minlash samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini ko‘paytirish, innovatsion faoliyatga 3,7 mlrd. so‘m miqdorida investisiyalarni jalb qilish va ko‘paytirish ta’minlangan;
innovatsion mahsulotning ilmiy ishlanmalarini rivojlantirish ssenariylarini tahlil qilish va innovatsion mahsulot xarajatlari tarkibining optimal darajasini shakllantirish maqsadida salbiy inqiroz hodisalarini aks ettiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan, hamda “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 12-iyuldagi 08-18-8-542-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi korxonalarda salbiy inqirozli holatlarni aniqlash vazifasi bo‘lgan inqirozli holatlarning darakchilari - ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish imkoniyatlarini bergan;
innovatsiya va texnologiyalar markazlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun aggregatsiyalangan maqsadli funksiya modeli yordamida, keltirilgan xarajatlar variantlarini hisobga olgan holda venchur moliyalashtirish faoliyatini kengaytirishga doir taklifi etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 26-maqsadida o‘z aksini topgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2023-yil 12-iyuldagi 08-18-8-542-son ma’lumotnomasi). Natijada, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan "Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun barcha yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar yaratish, tadqiqotlar va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish"ni ta’minlash hamda innovatsion rivojlanishning 12 foizgacha o‘sishini ta’minlash, innovatsion jarayonlarni takomillashtirish uchun pul mablag‘larini taqsimlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subektlarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga moliyaviy ta’sir ko‘rsatishning kompleks chora-tadbirlari va usullari sifatida korxonalar, xususan “O‘zbekneftgaz” AJ innovatsion faoliyatini yanada samarali moliyaviy tartibga solishni ta’minlash imkonini bergan.