Zakirova Venera Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
1. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston kompozitorlari ijodida konsert janrlari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San36.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy oponentlar: Azimova Arzu Nishanovna, san’atshunoslik doktori, professor; Karomat Dilarom Fayzullaevna, san’atshunoslik fanlari falsafa bo‘yicha (PhD) doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlarida O‘zbekistonda shakllangan konsert janrlarining milliy o‘ziga xosligini belgilash va XXI asr o‘zbek konsert fenomeni mohiyatini yoritishdan iborat.
III. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
konsert alomatlariga ega bo‘lgan asarlarning keng doirasi konsert janrlarining yagona guruhiga birlashtirilib, o‘zbek kompozitorlik maktabida yuzaga kelgan davrdan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan barcha janr turlarini qamragan holda majmuaviy ko‘rinishda ochib berilgan;
konsert va an’anaviy maqomning o‘zaro ta’sirida “genetik isloh qilish” natijasi bo‘yicha konsert janrining milliy modeli asoslab berilgan;
konsert-poema, konsert-simfoniya, konsert-balet, konsert-maqom bo‘yicha konsertning janrlararo sintezi asosida konsert asarlarning alohida istiqbolli sohasi aniqlashtirilgan;
musiqiy-nazariy, badiiy, ijtimoiy, falsafiy, estetik qarashlarning kompleks yondashuvi asosida o‘zbek konsert janrining fenomeni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston kompozitorlari ijodida konsert janrlari asosida olingan natijalar asosida:
konsert alomatlariga ega bo‘lgan asarlarning keng doirasi konsert janrlarining yagona guruhiga birlashtirilib, o‘zbek kompozitorlik maktabida yuzaga kelgan davrdan hozirgi vaqtgacha bo‘lgan barcha janr turlarini qamragan holda ochib berilgan majmuaviy ko‘rinishdan “Kontinent FA (fortepiano ansambli)” Forum-festival` loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 01-11-8365-son ma’lumotnomasi). Natijada festivallarning konsert dasturlari mazmuni boyitilgan;
konsert va an’anaviy maqomning o‘zaro ta’sirida “genetik isloh qilish” natijasi bo‘yicha asoslab berilgan konsert janrining milliy modelidan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2018 yil 27 sentyabrdan 81/I-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston kompozitorlari zamonaviy konsert ijodiyoti xususida tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
konsert-poema, konsert-simfoniya, konsert-balet, konsert-maqom bo‘yicha konsertning janrlararo sintezi asosida aniqlashtirilgan konsert asarlarning alohida istiqbolli sohasidan “Kontinent FA (fortepiano ansambli)” Forum-festival` loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 5 dekabrdagi 01-11-8365-son ma’lumotnomasi). Natijada konsert janrlarining yangi turlari xususida tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
musiqiy-nazariy, badiiy, ijtimoiy, falsafiy, estetik qarashlarning kompleks yondashuvi asosida ochib berilgan o‘zbek konsert janrining fenomenidan radio (“O‘zbekiston 24” (87,9 FM) kanali) dasturlarining ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” (87,9 FM) kanalining 2018 yil 26 noyabrdan 03-09-1327-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturlarda zamonaviy konsert janrlarining dolzarb masalalari yoritilgan.