Abdullaev Doniyor Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljam kechishining klinik-patogenetik xususiyatlari va uni davolash», 14.00.09 – «Pediatriya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2097.
Ilmiy rahbar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mullaeva Lola Djavlanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi mavjud erta yoshdagi bolalarda zotiljamni davolashni uning kechishining klinik-patogenetik xususiyatlarini inobatga olgan holda optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning bolaning ona suti bilan oziqlanishga to‘sqinlik qiluvchi og‘iz bo‘shlig‘idagi toshmalarga bog‘liq bo‘lgan holda kasallik og‘irroq va tiklanish davri uzoqroq kechishi bilan tavsiflanuvchi klinik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamning immunologik xususiyatlari og‘iz suyuqligi hamda qon zardobidagi TNF-α va IL-10 larning miqdoriy konsentratsiyasi o‘tkir gerpetik ctomatit mavjud bo‘lmagan zotiljamga nisbatan 2,2 baravarga ortishi (R<0,001) va miqdoriy sintezi 31,5 foizga kamayishi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamda noinvaziv so‘lakdagi immun sitokin ko‘rsatkichlaridan (TNF-α va IL-10) tashhisot mezoni sifatida foydalanish mumkinligi, IL-10 ning yaqqol giposekresiyasi esa, kasallikning uzoq davom etishining qo‘shimcha prediktori ekanligi aniqlangan;
erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida zotiljamni davolashda kasallikning klinik va immunologik xususiyatlariga bog‘liq holda meglyumin akridonatsetat, probiotik va nebulayzer terapiyacidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi komplekc davolash ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir gerpetik stomatit kasalligi mavjud erta yoshdagi bolalarda zotiljamni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda shifoxonadan tashqari zotiljamning bolaning ona suti bilan oziqlanishga to‘sqinlik qiluvchi og‘iz bo‘shlig‘idagi toshmalarga bog‘liq bo‘lgan holda kasallik og‘irroq va tiklanish davri uzoqroq kechishi bilan tavsiflanuvchi klinik xususiyatlari aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/2-son bilan tasdiqlangan “Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 758-11-169-TV/2023-son va Namangan viloyati Chust tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 5 yanvardagi LY1010644613-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashda kasallikning klinik xususiyatlarini inobatga olish kasallikning asoratlangan shakllari ulushini kamaytirishga, shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirishga va davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljamni o‘tkir gerpetik stomatit bilan birga kechishida kasallangan bemorning shifoxonaga yotib davolanish muddati 10 kundan 6 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 58850 so‘mga kamaygan, shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqarishi hisobiga 92 nafar bemorni davolashda 21 656 800 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljamni o‘tkir gepetik stomatit bilan birga kechishida kasallangan bemorlarda statsionar sharoitda davolashda ilmiy yangilikdan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga 58850 so‘m byudjet mablag‘larini va 58850 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamning immunologik xususiyatlari og‘iz suyuqligi hamda qon zardobidagi TNF-α va IL-10 larning miqdoriy konsentratsiyasi o‘tkir gerpetik ctomatit mavjud bo‘lmagan zotiljamga nisbatan 2,2 baravarga ortishi (R<0,001) va miqdoriy sintezi 31,5 foizga kamayishi bilan tavsiflanishi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/2-son bilan tasdiqlangan “Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 758-11-169-TV/2023-son va Namangan viloyati Chust tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 5 yanvardagi LY1010644613-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamni davolashda kasallikning immunologik xususiyatlarini inobatga olish davolashning samarali patogenetik usulini belgilashga, natijada asoratlar sonini kamaytirishga, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga va bemorlarning xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarni davolashda samarali dori vositalarini qo‘llashga sarf qilinadigan xarajat kunlik 58850 so‘mni tashkil qilgan. Bunda har bir bemor uchun yotoq kunlarining o‘n kundan olti kunga qisqarishi xisobiga 235 400 so‘m iqtisod qilingan. 92 nafar bemorga 21656800 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljamni o‘tkir gerpetik stomatit fonida kechishida kasallangan bemorlar to‘g‘ri olib borilganda byudjet mablag‘laridan 235400 so‘m va byudjetdan tashkari mablag‘lardan 58850 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida shifoxonadan tashqari zotiljamda noinvaziv so‘lakdagi immun sitokin ko‘rsatkichlaridan (TNF-α va IL-10) tashhisot mezoni sifatida foydalanish mumkinligi, IL-10 ning yaqqol giposekresiyasi esa, kasallikning uzoq davom etishining qo‘shimcha prediktori ekanligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/2-son bilan tasdiqlangan “Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 758-11-169-TV/2023-son va Namangan viloyati Chust tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 5 yanvardagi LY1010644613-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: shifoxonaga bog‘liq bo‘lmagan zotiljamni o‘tkir gerpetik stomatit fonida kechishida kasallik tashhisotida informativ hisoblangan mahalliy yallig‘lanish ko‘rsatkichlari, og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi lokal immunitet IL-10, O‘NO-α larni baholash kasallikni asoratli virus-bakterial infeksiyasi bilan kechuvchi shakllarini oldini oladi. Tashhislash va samarali davolash usulini qo‘llash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljamning o‘tkir gerpetik stomatit fonida kechishida oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligi lokal tekshiruv usuli bo‘lgan IL-10, O‘NO-α amaliyotda qo‘llanishi orqali bemorlarda qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga bir tekshiruvga sarflanadigan 235400 so‘m, 58 nafar bemorga 13653200 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljam o‘tkir gerpetik stomatit bilan birga kechgan bemorlarni to‘g‘ri va erta tashhislash, 1 nafar bemor xisobiga byudjet mablag‘larini 235400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 235400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida zotiljamni davolashda kasallikning klinik va immunologik xususiyatlariga bog‘liq holda meglyumin akridonatsetat, probiotik va nebulayzer terapiyacidan foydalanish bilan tavsiflanuvchi komplekc davolash ishlab chiqilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2023 yil 4 yanvarda 8n-r/2-son bilan tasdiqlangan “Ilk yoshdagi o‘tkir gerpetik stomatit kasalligi bor bolalarda zotiljamning kechish klinikasi, tashxisoti, davolash tamoyillari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasining 2023 yil 23 yanvardagi 758-11-169-TV/2023-son va Namangan viloyati Chust tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 5 yanvardagi LY1010644613-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 05/99-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda o‘tkir gerpetik ctomatit fonida zotiljamni davolashda taklif etilgan komplekc davolash usulini qo‘llash bemor bolalarni shifoxonada yotish hamda reabilitatsiya muddatlarini qisqartirgani holda davolash natijalarini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonada yotib davolanish muddatining 10 kundan 6 kungacha qisqartirib, shifoxonada 1 kun qolish 58850 so‘m, shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi 235400 so‘mni tashkil qilgan, 92 nafar bemorga 21656800 so‘m ortiqcha sarf xarajatlar iqtisod qilishga erishilgan. Olib borilgan differensiallashgan davolash usuli kasallikning takroriy o‘tkir respirator infeksiya va uning asoratlari virus-bakterial etiologiyali shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljamni o‘tkir gerpetik stomatit bilan kechishida 2,5 marotabaga kamayganligi kuzatilgan. Xulosa: shifoxonadan tashqari o‘tkir zotiljam o‘tkir gerpetik stomatit bilan birga kelishida bemorlarda statsionar sharoitida davolanishdagi yangi davolash usullarini qo‘llanishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 58850 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 58850 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.