Abrarova Maxina Fatxullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «XX–XXI asr kompozitorlarining adabiy-tanqidiy ijodiyotida milliy va umuminsoniy tamoyillar», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San30.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi,PhD29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Muradova Dilora Axmedovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr va XXI asr boshi kompozitorlarining adabiy-tanqidiy ijodiyotida milliy va umuminsoniy tamoyillar mohiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy kompozitorlarning musiqa ijodiyoti masalasiga oid og‘zaki va yozma manbalar (esse, xat, memuar, kitob va darsliklar)da «fol`klor va kompozitor», «an’ana va zamonaviylik», «milliy va umuminsoniy tamoyillar» kabi masalalarning ustuvorligi aniqlashtirilgan;
Vengriya kompozitori B.Bartok va O‘zbekiston kompozitori V.Uspenskiyning ijodiy faoliyatida o‘zga millat fol`klori, fortepiano uchun rapsodiya, pesa musiqiy janrlari bo‘yicha umumiy jihatlar hamda ritmik xatolar, erkin talqin yondashuvi bo‘yicha farqli jihatlar aniqlashtirilgan;
O‘zbekiston kompozitorlari ijodidagi neoklassisizm an’analari Sharq va G‘arb kesimi bo‘yicha o‘ziga xos sintez asosida yaratilganligi isbotlangan;
milliy va jahon musiqiy-kompozision uslublari asosida fol`klor va kompozitor, an’ana va zamonaviylik, milliy va umuminsoniy tamoyillar bo‘yicha XX asr va XXI asr boshi kompozitorlarning musiqa ijodiyoti aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XX–XXI asr kompozitorlarining adabiy-tanqidiy ijodiyotida milliy va umuminsoniy tamoyillar yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
zamonaviy kompozitorlarning musiqa ijodiyoti masalasiga oid og‘zaki va yozma manbalar (esse, xat, memuar, kitob va darsliklar)da ustuvorligi aniqlashtirilgan «fol`klor va kompozitor», «an’ana va zamonaviylik», «milliy va umuminsoniy tamoyillar» kabi masalalardan «San’atshunoslikka (musiqashunoslikka) kirish» o‘quv qo‘llanmasining «Musiqa tanqidchiligiga kiradigan fanlar» bobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 iyuldagi 89-02-1661-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar kompozitorlarning ilmiy merosi ijod jarayonini anglashga xizmat qilgan;
Vengriya kompozitori B.Bartok va O‘zbekiston kompozitori V.Uspenskiyning ijodiy faoliyatida aniqlashtirilgan o‘zga millat fol`klori, fortepiano uchun rapsodiya, pesa musiqiy janrlari bo‘yicha umumiy jihatlar hamda ritmik xatolar, erkin talqin yondashuvi bo‘yicha farqli jihatlardan «Bastakor», «Maktub» teleko‘rsatuvlarining ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat telekanali» davlat unitar korxonasining 2018 yil 20 iyundagi 01-16/339-son ma’lumotnomasi). Natijada kompozitorlarning ilmiy tadqiqot ishlarida ochilmagan qirralarga yosh mutaxassislar e’tiborini jalb qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston kompozitorlari ijodidagi neoklassisizm an’analari Sharq va G‘arb kesimi bo‘yicha isbotlangan o‘ziga xos sintezdan 2017-2018 yillar mobaynida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2018 yil 3 iyuldagi 184-son ma’lumotnomasi). Natijada kompozitorlarning musiqa ijodiyoti borasidagi fikr va qarashlariga doir yangi tasavvur va xulosalarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
milliy va jahon musiqiy-kompozision uslublari asosida fol`klor va kompozitor, an’ana va zamonaviylik, milliy va umuminsoniy tamoyillar bo‘yicha aniqlashtirilgan XX asr va XXI asr boshi kompozitorlarning musiqa ijodiyotidan «XX asr musiqasi» loyiha doirasidagi konsert dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston orkestrlari birlashmasining 2018 yil 4 iyuldagi 181/1-son ma’lumotnomasi); Natijada musiqa ixlosmandlari orasida XX asr va XXI asr boshi kompozitorlarning musiqa ijodiyoti ommalashtirilgan.