Xusanova Dilorom Shavkatovnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Kompaniyalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti” 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt396
Ilmiy rahbar: Begalov Bahodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Norov Akmal Ro‘zimamatovich iqtisodiyot fanlar doktori, professor, Shermuxamedov Abbos Toirovich iqtisodiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II.Tadqiqotning maqsadi: kompaniyalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompaniyalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda raqamli texnologiyalardan, shu jumladan, blokcheyn, fintex, axborot tizimlarini keng qo‘llanilish jarayonlarini uslubiy jihatlari takomillashtirilgan va “kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni asoslangan;
kompaniyalar moliyaviy barqarorligini raqamli texnologiyalardan foydalangan holda monitoring qilish, tahlil qilish, istiqbolli tavsiyalar ishlab chiqish va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan;
raqamli iqtisodiyotni shakllanib borishida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan kompaniyalarning tizimosti korxonalari hamda o‘zaro hamkorlikdagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida moliyaviy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ular asosida optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida integrasiyalashgan raqamli texnologiyalar tizimi taklif qilingan;
“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini samarali tashkil qilish borasida raqamli texnologiyalarni joriy etish negizida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning ilmiy va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan;
kompaniyalar moliyaviy barqarorligiga raqamli texnologiyalarning ta’siri ekonometrik modellashtirilgan va “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda yalpi foyda, investisiyalar, moliyaviy daromadlarning hamda xarajatlarning bog‘liqligi ilmiy asoslanib, 2030-yilga qadar moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan dissertatsiya tadqiqoti asosida quyidagilar “O‘zdonmahsulot” AK va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining faoliyatiga joriy qilingan:
kompaniyalarda raqamli texnologiyalarni, xususan, Blokcheyn, Fintech, ERP keng qo‘llanilishi takomillashtirilgan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil
17-oktyabrdagi 188-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining 2024-yil 20-dekabrdagi 2-3/507-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi 5,0-7,0 % ortishi imkoni yaratilgan.
kompaniyalar moliyaviy barqarorligini raqamli texnologiyalar bilan monitoring qilish, moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini raqamlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 17-oktyabrdagi 188-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining (2024-yil 20-dekabrdagi 2-3/507-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tegishli loyihalar bo‘yicha harajatlarni samarali boshqarish, majburiyatlarini vaqtida to‘liq ijro etish va daromadlardan samarali foydalanishga erishilgan.
kompaniyalarning tizim osti korxonalari hamda o‘zaro hamkorlikdagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida integrasiyalashgan raqamli texnologiyalar tizimini yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi ilmiy-nazariy asoslangan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 17-oktyabrdagi 188-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining 2024-yil 20-dekabrdagi 2-3/507-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda barcha jarayonlar integrasiyasini amalga oshirish uchun kompaniyani yagona raqamli platformasi taklif qilingan.
“O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar moliyasini raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi asoslangan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 17-oktyabrdagi 188-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining
2024-yil 20-dekabrdagi 2-3/507-son ma’lumotnomasi) Natijada kompaniyada moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini 10,0%ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
kompaniyalar moliyaviy barqarorligiga raqamli texnologiyalarning ta’siri ARDL asosida modellashtirilgan va “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalarda yalpi foyda, investisiyalar, moliyaviy daromadlarning hamda xarajatlarning bog‘liqligi ilmiy asoslanib, 2030-yilga qadar moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2024-yil 17-oktyabrdagi 188-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining 2024-yil 20-dekabrdagi 2-3/507-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zdonmahsulot” AK faoliyati asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan sof foyda hajmining prognoz ko‘rsatkichlari yordamida korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlik shartlarini aniqlash imkoni yaratilgan.