Nishonboev Doniyor Erkinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik subektlarinig tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish masalalari” (Farg‘ona viloyati misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt3141.
Ilmiy rahbar: Kazakov Olim Sobirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Bo‘stonov Mansurjon Mardonkulovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kadirov Abdumalik Matkarimovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida tadbirkorlik faoliyatining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi samarali ishtiroki orqali mamlakat eksport salohiyatidagi ulushini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy imkoniyatlari hamda ulardan foydalanish darajasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini “yuqori” (4,6 - 5,0), “yaxshi” (4,0 - 4,5), o‘rta (2,0 - 3,9), “past” (0-1,9) darajalar chegarasida baholash orqali tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini faollashtirish yo‘nalishlarini aniqlash taklifi asoslangan;
tadbirkorlik subektlari tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlovchi tadbirlar ( ) natijalarini eksport faoliyati ( import faoliyati ( umumiy faoliyat ( bo‘yicha baholashga imkon beruvchi ko‘rsatkichlarni tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik subektlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda eksportga yo‘naltirilayotgan har bir mahsulot uchun “manzilli qulay raqobat mikromuhiti”ni shakllantirish orqali tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subektlarining eksport imkoniyatlaridan foydalanishning ekonometrik tahlili asosida asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2028 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik subektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy imkoniyatlari hamda ulardan foydalanish darajasining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushini “yuqori” (4,6 - 5,0), “yaxshi” (4,0 - 4,5), o‘rta (2,0 - 3,9), “past” (0-1,9) darajalar chegarasida baholash orqali tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini faollashtirish yo‘nalishlarini aniqlash taklifi respublikadagi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi № 06-41-1145-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishiga va eksport hajmini orttirishga olib kelgan, hamda kichik biznes va tadbirkorlik subektlari faolioyati samaradorligi o‘rtacha 0,4% ga ortishi orqali ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan;
tadbirkorlik subektlari tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlovchi tadbirlar ( ) natijalarini eksport faoliyati ( import faoliyati ( umumiy faoliyat ( bo‘yicha baholashga imkon beruvchi ko‘rsatkichlarni tatbiq etish orqali takomillashtirish taklifi Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi № 06-41-1145-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlikning iqtisodiy salohiyatidan to‘laroq foydalanilishi asosida ularning viloyat yalpi hududiy mahsulotidagi ulushi 0,25% ga, ish bilan band bo‘lganlardagi ulushi 0,22% ga, eksportdagi ulushi 0,30% ga o‘sishiga sabab bo‘ldi;
tadbirkorlik subektlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda eksportga yo‘naltirilayotgan har bir mahsulot uchun “manzilli qulay raqobat mikromuhiti”ni shakllantirish orqali tashqi iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish taklifi Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi № 06-41-1145-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi asosida kichik biznes va tadbirkorlik subektlarining sonini ortishi hisobiga korxonalar faoliyati doirasining kengayishi iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subektlarining eksport imkoniyatlaridan foydalanishning ekonometrik tahlili asosida asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlik subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-yanvardagi № 06-41-1145-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari va natijalari asosida tadbirkorlik subektlari o‘zlarining istiqboldagi faoliyatlarini aniq va samarali rejalashtirishiga olib kelgan.