Mirxodjaeva Feruzaxon Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz lisoniy ongida xushmuomalalikning assotsiativ maydoni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2770
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida “xushmuomalalik” leksemasi assotsiativ maydonining tizim hosil qiluvchi xususiyatlari, tarkibi va tuzilishini leksik guruhlanishning alohida turi sifatida tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz tillari sohiblari lisoniy ongidagi “xushmuomalalik” va “politeness” leksemalari yuzasidan olib borilgan assotsiativ tajribaning sintagmatik hamda paradigmatik munosabatli assosiativ birliklari ko‘rsatkichlaridagi tafovut til sohiblari olamining milliy lisoniy manzaralari orasidagi farq tufayli yuzaga kelganligi dalillangan; 
erkin assotsiativ tajriba metodi orqali o‘zbek va ingliz tillari sohiblari lisoniy ongidagi “xushmomalalik” leksemasining assotsiativ maydonini shakllantirish asnosida yadro, yaqin hamda uzoq pereferik sathlari, ularning umumiy va farqli tomonlari asoslangan;
assotsiativ tajriba tahlili natijasida o‘zbek tilida “xushmuomalalik” leksemasining hurmat, tarbiya, odob, shirinso‘zlik, chiroyli muomala, muloyimlik, odamiylik, tabassum, samimiylik, yaxshi fazilat kabi, ingliz tilida  “politeness” leksemasining respectfulness, kindness, good manner, good behavior, softening the conversation, courtesy, niceness, civility, gracefullness, not being rude, rules, honesty, meekness, being considerate, sincerity  kabi assotsiativ sinonimik qatorlari hosil bo‘lishi isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillari sohiblari orasida o‘tkazilgan erkin va yo‘naltirilgan assotsiativ tajriba natijasida “xushmuomalalik”  leksemalarining  hurmat, tarbiya, shirinso‘zlik va muloyimlik kabi o‘zbek tilida, civility, good manner, respectfullness va softening the conversation  kabi ingliz tilida psixolingvistik ma’nolari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillari sohiblari lisoniy ongida “xushmuomalalik”ning assotsiativ maydoni qiyosiy tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalari asosida: 
o‘zbek va ingliz tillari sohiblari lisoniy ongidagi “xushmuomalalik” va “politeness” leksemalari yuzasidan olib borilgan assotsiativ tajriba natijalarini qiyoslash asnosida respondentlarning javoblarida sintagmatik va paradigmatik munosabatdagi assosiativ birliklar ko‘rsatkichlaridagi tafovut til sohiblari olamining milliy lisoniy manzaralari orasidagi farq tufayli yuzaga kelganligi borasidagi ilmiy natijalari va materiallaridan Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC) nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 15-noyabrdagi №321/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy tilshunoslikning istiqbolli yoʻnalishlaridan biri bo‘lgan psixolingvistika fani, uning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi nazariy fikrlardan, shuningdek, o‘zbek va ingliz tili sohiblari lisoniy ongida mavjud xushmuomalalikning assotsiativ maydoni va tahlillaridan loyiha doirasida OTM magistratura talabalari uchun onlayn darslar tashkil etishda, milliy va mintaqalararo tavsiyalarni shuningdek, xalqaro mobillik va hamkorlik uchun UNICAC loyihasining strategik rejalarini ishlab chiqishda foydalanildi; 
o‘zbek va ingliz tillari sohiblari lisoniy ongidagi “xushmuomalalik” va unga zid bo‘lgan “qo‘pollik” leksemasining assotsiativ sinonimik qatorlari yaratilishidagi xulosalardan va materiallaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan Ya-1-06-sonli “Professional tarjimonlarni tayyorlashda sifat nazoratini tashkillashtirishga komponent yondashuv” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanildi (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 15-noyabrdagi №04/11-10765-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi chet tilini o‘rganishda, ayniqsa tarjima jarayonida “xushmuomalalik” va unga zid bo‘lgan “qo‘pollik” leksemalarining ikki tildagi assotsiativ sinonimik qatorlarini o‘rganish asnosida olingan lingvistik bilimlarni professional tarjimonlikda qo‘llashda  amaliy yordam berishiga erishildi;
o‘zbek va ingliz tillarida “xushmuomalalik” leksemasining leksikografik salohiyatini aniqlash jarayonida o‘zbek tilida assotsiativ lug‘atlarni yaratish zarurligiga oid tavsiyalardan “Teleradiokompaniya ZO‘R” MChJ orqali efirga uzatilgan “O‘zimda” tok shousining joriy yil oktyabr oyidagi “Kelajak ustozlari” dasturining ssenariy yozishda foydalanildi (№04/11-10767 16.11.2024). Natijada, mazkur ko‘rsatuvda o‘zbek va ingliz tillarida “xushmuomalalik” leksemasining leksikografik salohiyatini aniqlash jarayonida o‘zbek tilida assotsiativ lug‘atlarni yaratish zarurligi asoslab berildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish