Hasanova Roxila Zikiryoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq bug‘doyni bargi orqali karbamid bilan oziqlantirishning don hosili va sifatiga ta’siri», 06.01.08–O‘simlikshunoslik. (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx128.
Ilmiy rahbar: Irnazarov Ismatulla, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tillabekov Botir Xasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning janubiy mintaqasi sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida mahalliy yumshoq bug‘doyning «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlarini sut pishish fazasida barg orqali karbamid bilan oziqlantirishning don hosili va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Qashqadaryo viloyati sharoiti sug‘oriladigan erlarida etishtirilayotgan yumshoq bug‘doyning mahalliy «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlari sut pishish davrida karbamid o‘g‘itini bargi orqali eritma sifatida qo‘llashning maqbul me’yorlari aniqlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning mahalliy «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlari sut pishish fazasida turli konsentratsiyalardagi karbamid eritmasini barg orqali qo‘llashning don hosildorligiga ta’siri aniqlangan;
sug‘oriladigan erlarda etishtirilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning mahalliy «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlari sut pishish fazasida turli konsentratsiyalardagi karbamid eritmasini qo‘llashning don sifat ko‘rsatrichlariga ta’siri aniqlangan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning mahalliy «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlari don sifatini oshirishda ularning sut pishish fazasida karbamid o‘g‘itini qo‘llashning samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarini etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kuzgi bug‘doyning «Yaksart» va «G‘ozg‘on» navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish borasida «Yumshoq bug‘doyni bargi orqali karbamid bilan oziqlantirish agrotexnologiyalari bo‘yicha» tavsiyalar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2018 yil 14 aprelda tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning «Yaksart» navidan sifatli don etishtirishda sut pishish fazasida gektariga 40 kg karbamid o‘g‘itini eritma holatida bargdan oziqlantirish agrotexnologiyasi Kasbi tumanidagi «Saidmamat polvon Saidov», Nishon tumanidagi «To‘raqulov Ravshan» va Koson tumanidagi «Saipov Shaxboz» fermer xo‘jaliklarida jami 32,0 gektar g‘alla maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi №02/21-553-son ma’lumotnomasi). Natijada don tarkibidagi oqsil miqdori karbamid qo‘llanilmaganda 12,18 foiz, karbamid qo‘llanilganda 14,20 foizni tashkil etgan va don hosili gektariga nazorat variantidan 1,9 sentnergacha oshganligi aniqlangan;
«G‘ozg‘on» navidan sifatli don etishtirishda sut pishish fazasida gektariga 40 kg karbamid o‘g‘itini eritma holatida bargdan oziqlantirish agrotexnologiyalari bo‘yicha Koson tumanidagi «Tolib To‘raevich» va «Qulmonov Umir» fermer xo‘jaliklarining jami 23,0 gektar maydonlarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi №02/21-553-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida don tarkibidagi oqsil miqdori karbamid qo‘llanilmaganda 13,84 foizni tashkil etgan bo‘lsa, karbamid qo‘llanilganda 15,82 foiz, don hosili gektariga nazorat variantidan 2,0 sentnergacha oshishiga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida karbamid eritmasi bilan bargi orqali oziqlantirish agrotexnologiyasini jami 55 gektar maydonga qo‘llangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 oktyabrdagi №02/21-553-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi yumshoq bug‘doydan yuqori va sifatli don hosili olishga erishilgan hamda sof foyda 695 ming so‘m, rentabellik darajasi 53,7 foizni tashkil etgan.