Asadova Ra’no Dilmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sellyuloza saqlovchi sanoat chiqindilari asosida neft va gaz sohasi uchun burg‘ulash eritmalarining barqarorlovchi reagentlarini olish va texnologik jarayonlarini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4589.
Ilmiy rahbar: Murodov Muzaffar Muradovich, texnika fanlari doktori.
Dissertauiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nomozov Abror Karim o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliefirli sanoat korxonalarining tolali chiqindilari asosida neft va gaz sanoati uchun PoliPAS burg‘ulash qorishmalarini stabillovchi efirini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maishiy va gigienik vositalarda qo‘llaniladigan poliefir tolali mahsulot chiqindilari tarkibidagi polisaxaridlarning kimyoviy tarkibi aniqlangan;
tabiiy tolali tekstil, gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindilarining aniqlangan tarkiblari asosida polimer-kompozit materiallar olish usuli ishlab chiqilgan;
ajratib olingan polisaxaridlar hamda kompozision polimerlarning fizik-kimyoviy va mexanik-strukturaviy xossalari aniqlangan;
neft va gaz sanoati uchun PoliPats burg‘ulash eritmalarini stabillovchi reagentlar olingan;
poliefirli sanoat korxonalarining tolali chiqindilari asosida PoliPats burg‘ulash qorishmalarini stabillovchi reagentlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maishiy va gigienik vositalar uchun ishlatiladigan poliefir tolali mahsulot chiqindilari tarkibidagi polisaxaridlarni ajratib olish, hamda tabiiy tolali tekstil hamda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindilari asosida kompozit polimerli tarkib asosida neft va gaz sanoati uchun  PoliPats burg‘ulash qorishmalarini stabillovchi efiri ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy va gigienik vositalar uchun ishlatiladigan poliefir tolali mahsulot chiqindilari tarkibidagi polisaxaridlarni ajratib olish va kimyoviy qayta ishlash asosida PoliPAS burg‘ulash qorishmalari uchun stabillovchi efir olish texnologiyasi “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 aprelidagi 237-01/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, poliefir tolali polisaxaridlar kompozisiyalari asosida sifat ko‘rsatkichlari yaxshilangan polimerlar olish imkonini bergan;
tabiiy tolali tekstil hamda gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindilari asosida olingan kompozit polimerli tarkib neft va gaz sanoati uchun PoliPAS burg‘ulash qorishmalarini stabillovchi efir “Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasida gaz quvurlarini burg‘ulash eritmalarini tayyorlash uchun qo‘llanilgan (“Gissarneftgaz” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023 yil 26 aprelidagi 237-01/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, poliefirli sanoat korxonalarining tolali chiqindilari asosida olingan efirlar yordamida neft va gaz sanoati uchun stabillangan PoliPAS burg‘ulash qorishmalarini tayyorlash imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish