Mamadjanova Diloromxon Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanish” 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped4804.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil Gennadievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salieva Zuhra Tahirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Juraev Dustmurod Urolovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda Alixonto’ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanishning samarali pedagogik usullarini aniqlash va didaktik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanishda uning “Turkiston qayg‘usi”, “Devoni Sog‘uniy” asaralaridagi insonparvarlik, vatanparvarlik va ilm olishga yo‘naltiruvchi g‘oyalari mazmunan pedagogik ta’lim kontekstida tahlil qilinib, bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash maqsadlariga moslashtirilgan, nazariy-metodik yondashuvlar asosida didaktik salohiyati aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashning didaktik modeli o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan Alixonto‘ra Sog‘uniyning insonparvarlik g‘oyalarining ustuvor mazmunini yoritib berishga qaratilgan rivojlantiruvchi topshiriqlarni bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim resurslari va mobil ta’lim texnologiyasidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosini o‘rgatish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida vatanparvarlik, insonparvarlik hissiyotlarini singdirish hamda shaxsiy fazilatlarini na’muna sifatida ko‘rsatish tamoyillariga ustuvorlik berish asosida joriy etilgan;
Alixonto‘ra Sog‘uniyning pedagogik qarashlar tizmidagi aksiologik jihatlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash bosqichida tarbiyaviy mazmunni shakllantirish imkonini yaratuvchi metodik ta’minotni yaratish orqali amaliyotga joriy etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo’lajak boshlang‘ich sinf o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda Alixonto’ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanish jarayonini takomillashtirishga doir olingan natijalar asosida:
Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanishda uning “Turkiston qayg‘usi”, “Devoni Sog‘uniy” asaralaridagi insonparvarlik, vatanparvarlik va ilm olishga yo‘naltiruvchi g‘oyalari mazmunan pedagogik ta’lim kontekstida tahlil qilinib, aniqlashtirishga oid takliflari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3-sonli qaroriga asosan berilgan 2023/196 U-49 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorlash maqsadlariga moslashtirilgan, nazariy-metodik yondashuvlar asosida didaktik salohiyati aniqlashtirilgan;
Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash milliy sharoitga mos va xalqaro standartlarga javob beradigan didaktik modeli ishlab chiqilib, kasbiy faoliyat motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan motivlar hamda rag‘batlantiruvchi, imperativ, eksteriorizatsiya va ijtimoiy-pedagogik, aksiologik, interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlar bilan boyitishga oid xulosalari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3- sonli qaroriga asosan berilgan 2023/196 U-49 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo’lajak o’qituvchilarda hamkorlikda ishlash (kolloborativ), komunikativlik, kreativ va kritik fikrlash ko’nikmalari rivojlantirilgan.
Alixonto‘ra Sog‘uniyning ilmiy-ijodiy merosidan foydalanish texnologiyasi ta’limni individuallashtirish va mustaqil bilim olish motivatsiyasini rivojlantirishda kasbiy kompetensiyalarni innovatsion, nazariy taxlil etish, analitik va adekvat rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3- sonli qaroriga asosan berilgan 2023/196 U-49 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo’lajak o’qituvchilariga insonparvarlik g‘oyalarini tarixiy-ilmiy va ijodiy negizini individual va mustaqil bilim olish motivatsiyasini o‘rgatish samaradorligi ortgan.
Alixonto‘ra Sog‘uniy ijodidagi aksiologik fazilatlarini singdirish hamda zamonaviy talqin va ilg‘or yondashuvlar asosida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda kasbiy bilimlarni intensiv shakllantiruvchi kognitiv-diagnostik yondashuvlar asosida takomillashtirish, ilmiy-metodik asoslangan baholash indikatorlari va pedagogik-analitik usullar samaradorligini oshirish bilan boyitishga oid xulosalari “Boshlang‘ich ta’limda tarbiya” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 27-iyundagi 11/3.3- sonli qaroriga asosan berilgan 2023/196 U-49 raqamli nashr ruxsatnomasi).
Natijada Alixonto’ra Sog‘uniy shaxsga yo‘naltirilgan, insonparvarlik g‘oyalarini bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyati samaradorligi ortgan.