Narzikulova Dilnoza Xashimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogik nizolarning profilaktik texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped306.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Abdushukur Chorievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogik nizolarning profilaktik texnologiyalari mazmuni va tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogik nizolar yuzaga kelishining asosiy omillari o‘quv-tarbiya jarayoni sub’ektlarining intensiv nizoli vaziyatdagi harakati, axborotlar ko‘lamining stressli ta’siri, kasbiy faoliyatning nazorati, addiktik xulq-atvor mohiyatiga ustuvorlik berish (integratsiyalash, doimiy tahlil, ochiqlik) asosida aniqlashtirilgan;
pedagogik nizolar profilaktikasi samaradorligini baholash mezonlari (rag‘batlilik, jarayonli, integrativ) pedagogik-konfliktologik kompetensiyalar, kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, nizolarga barqaror munosabat, nizoli vaziyatda konstruktiv strategiyalarni tanlash parametrlarining o‘zaro ta’sir darajasiga asoslangan holda takomillashtirilgan;
pedagoglarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlari metodologik (kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik) va amaliy (verbal individual, noverbal guruhli) komponentlar mazmuniga konstruktiv yo‘nalganlik, shaxslararo integral va aksiologik munosabatlarni funksionallik sifatida kiritish asosida kengaytirilgan;
pedagogik nizolar profilaktikasi jarayonlarida refleksiv va vitagen ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning axborot-metodik ta’minoti sub’ektlarning vitagenli axborot idroki, hayotiy tajribalar, insayt qarorlar, pedagogik improvizatsiya talablari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogik nizolarning profilaktik texnologiyalarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik nizolarning yuzaga kelish omillari va mezonlarini aniqlashtirishga doir takliflardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi uchun “Pedagogik konfliktologiya”, “Pedagogik texnologiya” fanlari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 89-03-4057-son ma’lumotnomasi). Natijada interfaol ta’lim sharoitida yuzaga keladigan nizolarning innovatsion ko‘rinishlarini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirish imkoniyati yuzaga kelgan;
pedagoglarda konfliktologik kompetentlikni rivojlantirish imkoniyatlari, metodologik va amaliy komponentlar mazmuni, pedagogik nizolar profilaktikasi samaradorligini baholash mezonlariga doir takliflardan 2015–2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-026 raqamli “Bolalikni muhofazalashda yaqin kattalar orqali axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik yo‘llari” mavzusidagi loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 5 aprel`dagi 03-02/2-2-919-con ma’lumotnomaci). Natijada pedagogik nizolar profilaktikasiga doir ta’lim muassasasi va oila hamkorligi, bolalarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishida axborot xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari kengaygan;
pedagogik-konfliktologik kompetensiyalar, kommunikativ madaniyat, emotsional intellekt, nizolarga barqaror munosabat, nizoli vaziyatda konstruktiv strategiyalarni tanlash, refleksiv va vitagen ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning axborot-metodik ta’minotiga oid amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Pedagogik konfliktologiya” qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 noyabrdagi 89-03-4057-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogik nizolarni diagnostikalash, oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatga sifatli tayyorlash, ma’naviy-axloqiy nizolarga nisbatan konstruktiv munosabatni qaror toptirishga xizmat qilgan.