Kadirov Shavkat Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akvakultura” profildagi talabalarni suzish vositalarini qo‘llash afzalligida kasbiy-amaliy jismoniy tayyorlash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD /Ped 3242.
Ilmiy rahbar: Kdirova Muxabbat Allaniyazovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sadiqov Akbar Gayratovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suzish vositalaridan foydalangan holda “Akvakultura” ta’lim yo‘nalishi talabalarini tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
suv sportiga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyati samarasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ish mazmunini, kasbiy faoliyatning sohasi, faoliyatining obektlari, muhim fazilatlarini va kompetensiyalarini birlashtirgan akvakultura sohasi mutaxassislari poressiogramma yordamida kasbga qo‘yiladigan aqliy, psixologik, jismoniy talablarini o‘z ichiga olgan xarakteristikasi shakllantirilgan;
suv xo‘jaligi sohasi talabalarning “Jismoniy tarbiya va sport” fanini o‘qitish jarayonini muvofiqlashtirish uchun ijobiy mashg‘ulot ta’sirini o‘tkazish imkonini ta’minlovchi maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini o‘z ichiga olgan amaliy jismoniy tayyorgarlik kasbiy modeli takomillashtirilgan;
“Akvakultura” yo‘nalishi talabalarining zaruriy kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish maqsadida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik bo‘limiga suzish tayyorgarligi bo‘yicha nazorat me’yorlarini kiritish asosida suzuvchilarning yillik siklda bajaradigan me’yoriy talablarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
akvakultura va suv bioresurslari yo‘nalishi talabalarining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirish va kasbiy malakalarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan suzish, amaliy suzish, akvagimnastika, akvadjogging, akvabilding, akvastreching, akvatlon, fridayving va suv ostida mo‘ljalga olish vositalarini o‘z ichiga olgan kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikning blokli tizimi orqali talabalarni kompleks tayyorgarlik tizimini boshqarish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. suzish vositalaridan foydalangan holda “Akvakultura” ta’lim yo‘nalishi talabalarini tayyorlash samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosida:
suv sportiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyati samarasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ish mazmunini, kasbiy faoliyatning sohasi, faoliyatining obektlari, muhim fazilatlarini va kompetensiyalarini birlashtirgan akvakultura sohasi mutaxassislari poressiogramma bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinlovchilarti kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi
03-01/04/20/13246-son ma’lumotnomasi). Natijada, kursantlarning jismoniy va kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasi 39% ga oshirilgan;
suv xo‘jaligi sohasi talabalarning “Jismoniy tarbiya va sport” fanini o‘qitish jarayonini muvofiqlashtirish uchun ijobiy mashg‘ulot ta’sirini o‘tkazish imkonini ta’minlovchi maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarini o‘z ichiga olgan amaliy jismoniy tayyorgarlik kasbiy modeli bo‘yicha takliflar Toshkent davlat agrar universiteti “Akvakultura” yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil
7-dekabrdagi 03-01/04/20/13246-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘qishga bo‘lgan qishiqishini oshirib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarida yaxshi va a’lo bahoga o‘qiydigan talabalar salmog‘ini 48% ga oshirish imkonini bergan;
“Akvakultura” yo‘nalishi talabalarining zaruriy kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish maqsadida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik bo‘limiga suzish tayyorgarligi bo‘yicha nazorat me’yorlarini kiritish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 03-01/04/20/13246-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarining suzish tayyorgarligi 73% ga yaxshilangan;
akvakultura va suv bioresurslari yo‘nalishi talabalarining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish sifatini oshirish va kasbiy malakalarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan suzish, amaliy suzish, akvagimnastika, akvadjogging, akvabilding, akvastreching, akvatlon, fridayving va suv ostida mo‘ljalga olish vositalarini o‘z ichiga olgan kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikning blokli tizimi “Astraxan davlat texnika universiteti FGBOU VO” “Akvakultura” yo‘nalishi talabalari mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining
2023-yil 7-dekabrdagi 03-01/04/20/13246-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarligida elementlarni to‘liq bajarish imkoniyati 15 % ga oshgan.