Eshmamatov Ismoil Absalamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslarini shakllantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped344.

Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03. 2018.Ped.02.05.

Rasmiy opponentlar: Husanboeva Qunduz Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalaripedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari  texnologik (kutilgan natijalarga erishishni kafolatlash) va interfaol (on-line va off-line muloqot, o‘zaro tajriba almashish) omillarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;

pedagoglarda axborot-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv) loyihaviy faoliyatning masofaviy shakllari (forumlar, ta’limiy platforma, intellektual karta)ni faol qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelining tarkibiy asoslari (mazmuni, amaliy, natijaviy) tayanch (motivatsion), maxsus (kognitiv) hamda kasbiy (faoliyatli-refleksiv) malaka darajalarini  maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmuni elektron resurs (veb kvest tizimi)ni vitagen (amaliy faoliyat tajribasi) ta’lim bilan  integratsiyalash asosida boyitilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Malaka oshirish tizimida pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va baholash mezonlarini aniqlashtirish bo‘yicha takliflardan   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 103-son qarori bilan tasdiqlangan masofaviy malaka oshirishning me’yoriy asoslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 martdagi 87-03-1020-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy malaka oshirish tizimini masofaviy, mustaqil ta’lim shaklida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etish imkoniyatini  bergan;

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga doir takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 noyabrdagi 877-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan malaka oshirish kurslari o‘quv rejasidagi “Ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” modulining elektron-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 30 dekabrdagi 87-03-3489-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish jarayonini individual va tabaqaviy yondashuvni samarali tatbiq etishga erishilgan;

pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi mazmunini takomillashtirishga doir takliflardan  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1026-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 maydagi 87-03-1715-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishda virtual ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish