Rabbimova Farida To‘qsanbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy estetik kompetentlikni rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped369.

Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilov Faxritdin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarinitakomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajako‘qituvchilarda  badiiy estetik faoliyatni loyihalashtirish jarayonida funksional va tizimli qaror qabul qilish ko‘nikmasini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan zarur motivlar pedagogik refleksiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari badiiy-estetik tavsifdagi topshiriqlarni loyihalash, badiiy-estetik mazmundagi materiallar bilan ishlashning interfaol usullari (interfaol diktant, virtual sayohat, art klaster, rasmli aqliy hujum)ni tizimli    loyihalash asosida takomillashtirilgan;

badiiy-estetik kompetentlikni takomillashtirish modelining natijaviy mezoni ma’rifiy (badiiy-estetik faoliyatga oid bilimlarini boyitish), me’yoriy (talabalarda atrof-muhitni muhofaza qilishga aksiologik ongni qaror toptirish), amaliy-harakatli (talabalarning atrof-muhitni muhofaza qilish, tadqiqotchilik) faoliyatlarini optimallashtirish asosida rivojlantirilgan;

bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentliknitakomillashtirishning fanlararo modulli ta’lim texnologiyasi virtual ekskursiyalarni tashkil etishning motivatsion, kognitiv va faoliyatga doir komponentlarni aniqlashtirish asosida rivojlantirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentliknitakomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentlikni takomil-lashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillari “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 89-03-1719-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari badiiy-estetik kompetensiyalar tizimi asosida boyitilgan hamda pedagogika va metodika bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmuniga singdirishga xizmat qilgan;

bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentliknitakomillashtirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari, badiiy-estetik tavsifdagi topshiriqlarni loyihalash, badiiy-estetik mazmundagi materiallar bilan ishlashning interfaol usullarini takomillashtirishga doir takliflardan I1-XT-O-11142 raqamli “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlarini joriy etish”  mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ishlab chiqilgan badiiy-estetik qadriyatlarni tarkib toptirish texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 89-03-1719-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishning texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;

bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentliknitakomillashtirishning fanlararo modulli ta’lim texnologiyasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil  8 avgustdagi 3-son bayonnomasi bilan  tasdiqlangan yo‘nalishi davlat talablari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 89-03-1719-son ma’lumotnomasi). Natijada “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”, “Biologik fanlarni o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlari va innovatsiyalar” modullari bo‘yicha takomillashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan;

bo‘lajako‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentliknitakomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan didaktik ta’minotdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Fondi tomonidan ajratilgan “Ekoturizmni rivojlantirish” Davlat granti (Sertifikat raqami: №26-09)ning 3-bandi: bo‘lajak ekologlarda badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirish hamda ekologik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 25 avgustdagi 89-03-1719-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda badiiy-estetik kompetentlikni rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini yo‘lga qo‘yishning pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish