Kosbergenova Bibinaz Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq bug‘doy navlaridan funksional non ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx802.
Ilmiy rahbar:  Salixov Sur’at Akramovich,  biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Karim Karishievich, texnika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bug‘doy navlarini qayta ishlab olingan undan funksional non ishlab chiqish texnologiyasini kombinatorika usullari asosida ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqolpogistonda iqlimlashtirilgan bug‘doy donlarining sifat ko‘rsatkichlari va navvoylik xususiyatlarini baholash asosida asl og‘irligi 700-750 g/l, kleykovina miqdori 24,0%, IDK ko‘rsatkichi 70 bo‘lgan Davr va Navbahor navlari tanlab olingan;
Qoraqalpog‘istonda iqlimlashtirilgan bug‘doy navlaridan eng yirik hajmli (1050 va 1030 ml.), organoleptik ko‘rsatkichlari 38 balldan yuqori bo‘lgan nonlar Davr va Navbahor bug‘doy navlarining birinchi navli unidan olinishi aniqlangan;
tanlangan nav bug‘doy uniga nut, mosh yoki oqsil briket (nut+mosh) uni qo‘shib funksional (boyitilgan) non-bulka mahsulotlarini tayyorlash texnologik tizimining nazariy sxemasi ishlab chiqilgan;
funksional non ishlab chiqarish uchun boyituvchi sifatida nut uni (2,0%), mosh uni (2,0%) yoki oqsil briketi unidan (3,0%) foydalanishning maqbul me’yori (ratsepturasi) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy bug‘doy navlarini qayta ishlab olingan undan funksional non ishlab chiqish texnologiyasini kombinatorika usullari asosida ishlab chiqish va ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan kleykovinaga boy “Asr”, “Davr”, “Amangul”, “Navbahor”, “O‘tkir”, “Shurtanboy-1” navlari asosida dukkakli don (nut) uni qo‘shilgan funksional non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanidagi «Kundiz Abiz» non ishlab chiqarish karxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 08 oktyabrdagi 05/05-02/863-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 16 avgkstdagi 03/017-3251-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida 3 tonna (60 qop) undan funksional non ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat 32 520 000 ming so‘m bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan sof foyda 7 800 000 so‘mni tashkil etgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan kleykovinaga boy , “Davr”, “Amangul”, “Navbahor”, “Shurtanboy” navlari asosida dukkakli don (mosh) uni qo‘shilgan funksional non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qarao‘zak tumanidagi «Asem shadat» non ishlab chiqarish karxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 08 oktyabrdagi 05/05-02/863-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 16 avgkstdagi 03/017-3251-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida 2 tonna un yani 40 qop undan funksional non ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat 21 680 000 so‘m bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan sof foyda 5 mln. 200 ming so‘mni tashkil etgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida etishtirilgan kleykovinaga boy “Asr”, “Davr”, “Amangul”, “Navbahor”, “O‘tkir”, “Shurtanboy-1” navlari asosida dukkakli oqsil briket (mosh+nut) uni qo‘shilgan funksional non ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ishlanmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanidagi «Fazil Hasil» non ishlab chiqarish karxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 08 oktyabrdagi 05/05-02/863-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 16 avgkstdagi 03/017-3251-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida 1 (bir) tonna, ya’ni 20 qop undan funksional non ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat 10 840 000 so‘m bo‘lib, mahsulot sotishdan olingan sof foyda 2 mln. 600 ming so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish