Urumboeva Zamira Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bronxial astmaning klinik, immunologik va mikrobiologik aspektlari, olib borish taktikasini optimallashtirish», 14.00.09 – «Pediatriya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3158.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Furqat Muhitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc. 04/07.06.2024.Tib.95.03.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bronxial astma bilan kasallangan bolalarda kasallikning klinik, immunologik  va mikrobiologik jihatlarini ko‘p komponentli tahlil qilish asosida kasallikni olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bronxial astmaning og‘ir persistik shakli aniqlangan bolalar og‘iz-halqum shilliq qavatida Enterobacteriaceae oilasiga mansub mikrobiotaning shuningdek, Staphylococcus va  Streptococcus turining sezilarli ustunligi aniqlanib, shartli patogen floraning qo‘shilishi kabi og‘iz-xalqum disbiozi klinik belgilar va kasallikni kechishi bronxial astmani og‘ir kechishining asosiy omili ekanligi aniqlangan;
bronxial astma og‘ir persistik shakli bilan kasallangan  bolalarda ichak mikrobiotasining disbalansining uchrash chastotasi va darajasining yuqoriligi isbotlandi, III-IV darajali ichak disbiozi bo‘lganda, bifidobakteriyalarning 2,3  va laktobakteriyalarning 2,9,  normal faollikga ega ichak tayoqchalarining   2,4 marta  kamayishi, shuningdek Staphylococcus aureus 2,5, Protea mikroblari 1,5, Candida  albicanis 3, enterokokklarni 1,4, boshqa shartli-patogen mikrofloraning 1,6 marta ortganligi aniqlangan;
ichak mikrobiotasi bilan klinik, immunologik va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasida ishonchli yuqori korrelyasiya aniqlangan, bu esa ichak mikrobiotsenozining spirometrik ko‘rsatkichlariga, klinik belgilarning namoyon bo‘lishiga va immun himoya  darajasiga ta’sirini tasdiqlaydi hamda   ichak mikrobiotasi va immun status  nafas yo‘llarini qayta tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilishini  isbotlangan;
bronxial astma kasalligida klinik belgilar, og‘iz-halqum va ichak mikrobiotasining disbiozi bronxial astmani og‘ir kechishining asosiy omili ekanligi ochib berilgan, hamda bronxial astma og‘ir persistik shaklida gumoral immunitet ko‘rsatkichlari IgM 1,6 va  IgE 6 barobarga ortishi, shuningdek IgA 1,3  va IgG 1,5 barobarga kamayishi (r<0,01- r<0,001), sitokinlar ko‘rsatkichlarining taqqoslash guruhiga nisbatan  IL-4 8,4, TNF-b 3,5, Il-8- 5,7 barobarga ortishi, IFN-g 3,4 barorabarga kamayishi (r<0,01-r<0,001) kasallikning kechishiga patogenetik mexanizmlarini o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astma bilan kasallangan bolalapni davolash ycyllapini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan natijalap acocida: 
birinchi ilmiy yangilik: bronxial astmaning og‘ir persistik shakli aniqlangan bolalar og‘iz-halqum shilliq qavatida Enterobacteriaceae oilasiga mansub mikrobiotaning shuningdek, Staphylococcus va  Streptococcus turining sezilarli ustunligi aniqlanib, shartli patogen floraning qo‘shilishi kabi og‘iz-halqum disbiozi klinik belgilar va kasallikni kechishi bronxial astmani og‘ir kechishining asosiy omili ekanligi aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi  6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda bronxial astma kasalligini olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 154 - sonli 24/09/2024-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati VBKTTM  72-sonli 25/10/2024-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: BA kasalligida enterobakteriyalar, stafilokokklar va streptokokklar patogenlarini o‘z vaqtida aniqlash bemorlarni samarali davolash taktikasini va mahalliy probiotiklarni tayinlashning to‘g‘riligini aniqlashga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz-xalkum mikrobiota tadqiqotini turli og‘irlikdagi bolalarda bronxial astma uchun samarali tadqiqot usuli sifatida amalda qo‘llash 130 nafar bemorda 15600000 tejab qolindi. Xulosa: BA bilan kasallangan bolalarda og‘iz-xalqum disbiozni to‘g‘ri va erta tashxislash xar bir bemor uchun 120000  byudjet hisobidan mablag‘larini va 120000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejagan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bronxial astma og‘ir persistik shakli bilan kasallangan  bolalarda ichak mikrobiotasining disbalansining uchrash chastotasi va darajasining yuqoriligi isbotlandi, III-IV darajali ichak disbiozi bo‘lganda, bifidobakteriyalarning 2,3  va laktobakteriyalarning 2,9,  normal fallikga ega ichak tayoqchalarining   2,4 marta  kamayishi, shuningdek Staphylococcus aureus 2,5, Proteya mikroblari 1,5, Candida  albicanis 3, enterokokklarni 1,4, boshqa shartli-patogen mikrofloraning 1,6 marta ortganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi  6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda bronxial astma kasalligini olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 154 - sonli 24/09/2024-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati VBKTTM  72-sonli 25/10/2024-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/55-son xulosasi). Ilmiy yangilikning  ijtimoiy samaradorligi quyidagicha: bolalarda bronxial astma kasaligida ichak mikrobiota ko‘rsatkichlarini baholash davolashdan oldin va keyin kasallikning holatini baholashning muhim usullaridan biri bo‘lib, maxsus davolash usullari samaradorligining ko‘rsatkichidir. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bronxial astma uchun samarali tadqiqot usuli sifatida ichak mikrobiotasini o‘rganishni amaliyotda qo‘llash 130 nafar bemor uchun 15600000 so‘mni tejab qoldi. Xulosa: bolalarda bronxial astmaning og‘ir davomli kechishini to‘g‘ri va erta tashxislash 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini va 120000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejalgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ichak mikrobiotasi bilan klinik, immunologik va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasida ishonchli yuqori korrelyasiya aniqlangan, bu esa ichak mikrobiotsenozining spirometrik ko‘rsatkichlariga, klinik belgilarning namoyon bo‘lishiga va immun himoya  darajasiga ta’sirini tasdiqlaydi hamda   ichak mikrobiotasi va immun status  nafas yo‘llarini qayta tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilishini  isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi  6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda bronxial astma kasalligini olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 154 - sonli 24/09/2024-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati VBKTTM  72-sonli 25/10/2024-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/55-son xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: ichak mikrobiotasi va klinik, immunologik va funksional ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasion munosabatlarni aniqlash bolalarda og‘ir persistik bronxial astma xavfini bashorat qilishning matematik modelini ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: korrelyasion tahlil natijalari asosida bolalarda og‘ir persistik bronxial astma rivojlanish xavfini bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modelni amalda qo‘llash, uni amalga oshirish 130 nafar bemorga qo‘shimcha tekshiruvlarga ehtiyoj yo‘qligi sababli 4680000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: bolalarda astmaning og‘ir persistik kechishi xavfini erta tashxislash byudjet mablag‘larini 36000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 nafar bemor hisobidan 36000 so‘m tejalgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bronxial astma kasalligida klinik belgilar, og‘iz-xalqum va ichak mikrobiotasining disbiozi bronxial astmani og‘ir kechishining asosiy omili ekanligi ochib berilgan, hamda bronxial astma og‘ir persistik shaklida gumoral immunitet ko‘rsatkichlari IgM 1,6 va  IgE 6 barobarga ortishi, shuningdek IgA 1,3  va IgG 1,5 barobarga kamayishi, sitokinlar ko‘rsatkichlarining taqqoslash guruhiga nisbatan  IL-4 8,4, TNF-b 3,5, Il-8-5,7 barobarga ortishi, IFN-g 3,4 barorabarga kamayishi kasallikning kechishiga patogenetik mexanizmlarini o‘ziga xos xususiyatlari asoslanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2024 yil 23 sentyabrdagi  6i-66/u-son bilan tasdiqlangan “Bolalarda bronxial astma kasalligini olib borish va davolash taktikasini optimallashtirish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu yangilik Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 154 - sonli 24/09/2024-sonli buyruq va Farg‘ona viloyati VBKTTM  72-sonli 25/10/2024-sonli buyruq asosida amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 10 dekabrdagi №10/55-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik va laboratoriya tadqiqotlari natijalari, bolalarda bronxial astmani tashxislash va davolashda patogenetik asoslangan differensial usullaridan foydalanish (immunologik, mikrobiologik va funksional parametrlarni normallashtirish) kasallikning og‘ir kechishi va asoratlarini o‘z vaqtida olishga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxial astma bilan og‘rigan 92 nafar bemorning  kasalxonada yotishi 8 kundan 6 kungacha qisqarishi hisobiga 2 kun  kasalxonada qolish uchun to‘lov miqdori, 67409320 so‘m tejab qolingan. Xulosa: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni statsionar davolashda yangi davolash usullaridan foydalanish 1 nafar bemorga 1 kun davomida 366355 so‘m byudjet mablag‘lari va 366355 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni davomida tejalgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish