Ismatova Zulayxo Asadovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sangzor daryosi al`goflorasi», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B111.

Ilmiy rahbar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.30.08.2018.B.02.08.

Rasmiy opponentlar: Haydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori; Bo‘riev Sulaymon, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Sangzor daryosi al`goflorasi turlar tarkibini aniqlash va suvining ekologiya-sanitariya holatini baholashda indikator-saprob turlarning ahamiyatini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Sangzor daryosi al`goflorasidan ilk marotaba 522 ta tur va tur xillari aniqlangan va ular
7 bo‘lim, 14 ta sinf, 24 tartib, 47 oila, 100 turkumga mansubligi asoslangan;

ilk bor O‘zbekiston suv havzalari al`goflorasi uchun 71 ta yangi tur va tur xillari aniqlangan bo‘lib, ular Cyanophyta (1), Rhodophyta (2), Xanthopyta (6), Chrysophyta (2), Bacillariophyta (35), Euglenophyta (6) hamda Chlorophyta (19) bo‘limlariga mansubligi aniqlangan;

ilk bor al`gofloraning daryo qismlarida hamda yil mavsumlarida tarqalish xususiyatlari asoslangan;

daryo al`goflorasidagi ekoal`gotsenozlarni oqim va mavsumiy taqsimlanishiga ekologik omillarning ta’siri ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sangzor daryosi al`goflorasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:

134 tur va tur xillarini o‘z ichiga oluvchi Sangzor daryosi al`goflorasidagi indikator-saprob suvo‘tlari aniqlagichi va ushbu turlarning ro‘yxati, suvni ifloslanishini belgilovchi sifat va miqdoriy xususiyatlari Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 05 maydagi 03-03/2-2605-son ma’lumotnomasi). Natijada Sangzor daryosi va unga tutash bo‘lgan tabiiy suv havzalarini mavsumiy va oqim bo‘ylab organik ifloslanish darajalarini aniqlash va ochiq suv havzalari tozaligini belgilash imkonini bergan;

Sangzor daryosidan yig‘ilgan 340 dan ortiq al`gologik na’munalaridan 522 tur va tur xillari ro‘yhati va suvning ifloslanish darajasi ko‘rsatgichlari FA-F5-T-230 «Suv va quruqlik ekosistemalarida parazitar tizim tarkibiy qismlarining shakllanishi va harakatlanish qonuniyatlari» fundamental loyihasida suv havzalaridagi parazit organizmlarni hamda ularni daryo gidrobiontlari qatorida tarqalishini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 2 maydagi 4/1255-1143-son ma’lumotnomasi). Natijada suv havzalari gidrobiontlari bilan bir qatorda uchraydigan parazit organizmlarning ro‘yhatini tuzish, ularning ekologik xususiyatlari hamda suv havzalarining organik moddalar bilan ifloslanishini baholash imkonini bergan;

Sangzor daryosidan yig‘ilgan 340 al`gologik namunalari hamda ularning 100 doimiy preparatlari Botanika instituti «Suv havzalari suvo‘tlar florasi» noyob ob’ekti kolleksiyasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 11 sentyabrdagi 4/1255-2431-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston daryolari suvo‘tlar florasi kolleksiyasi fondini boyitgan va suvo‘tlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda foydalanishda muhim bo‘lgan turlarning toza kul`turalarini ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish