Rustamov Narzillo Istamovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Sanoat tarmoqlarini ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida rivojlantirish”, 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.4.PhD/Iqt230.

Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Ortiqova Dilorom Abduraximovna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda ularning ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

engil sanoat korxonalarining samaradorligi va ishlovchilar manfaatdorligini oshirishning «aylanma harakat modeli» ishlovchilarning tadbirkorlik qobiliyati, innovatsiyalar, kapital va axborot kabi ichki resurslarini kiritish orqali takomillashtirilgan;

ipakchilik tarmog‘ida «xomashyo sifatini nazorat qiluvchi tizim» doirasida «korxona–uy xo‘jaliklari hamkorligi»ni rivojlantirish orqali SADT (Structured Analysisand Design Technique) uslubiyoti takomillashtirilgan;

ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida sanoat korxonalari samaradorligining oshishi, davlat oladigan samaraning o‘sishi, ishlovchilarning daromadlari ko‘payishi va turmush darajasi oshishi jarayonlarini ifodalovchi hamda ularni umumlashtiruvchi funksiyalar ishlab chiqilgan; 

ipakchilik korxonalarining innovatsion guruhlari shakllantirilib, innovatsion guruhlar faoliyatidagi «zanjirli bog‘liqliklarni uzadigan» korxonalar aniqlangan va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sanoat tarmog‘ini rivojlantirishda ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

engil sanoat korxonalarining samaradorligi va ishlovchilar manfaatdorligini oshirishning «aylanma harakat modeli»ni ishlovchilarning tadbirkorlik qobiliyati, innovatsiyalar, kapital va axborot kabi ichki resurslarini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi korxonalar faoliyatida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 1 iyundagi DM-189-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ilmiy yangiliklar  natijasida  «Deluxe Fabric» va «RUSHAN TEKS» korxonalarida samaradorlik  ko‘rsatkichi 15 foiz  oshishiga erishilgan.

ipakchilik tarmog‘ida «xomashyo sifatini nazorat qiluvchi tizim» doirasida «korxona–uy xo‘jaliklari hamkorligi»ni rivojlantirish orqali SADT uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi  Buxoro  viloyatidagi  korxonalarning faoliyatiga joriy  etilgan («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2018 yil 10 apreldagi BSh-02-18/585-son ma’lumotnomasi). Xomashyo sifatini nazorat qiluvchi tizimni joriy etish natijasida «Bukhara Brilliant Silk» qo‘shma korxonasida bir yilda 1 mlrd. so‘mlik, viloyatdagi boshqa ipakchilik korxonalarida 1,42 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarilgan;

ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida sanoat korxonalari samaradorligining oshishi, davlat oladigan samaraning o‘sishi, ishlovchilarning daromadlari ko‘payishi va turmush darajasi oshishi jarayonlarini ifodalovchi hamda ularni umumlashtiruvchi funksiyalarni  ishlab chiqish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi engil sanoat korxonalarida qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 1 iyundagi DM-189-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ilmiy yangilikni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi Buxoro viloyatidagi korxonalar tomonidan qo‘llanilishi natijasida engil sanoat korxonalarining rivojlanish omillari aniqlangan, ishlab chiqilgan funksiyalardan foydalanib, Buxoro viloyatida engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning prognozlari ishlab chiqilgan;

ipakchilik korxonalarining innovatsion guruhlari shakllantirilib, innovatsion guruhlar faoliyatidagi «zanjirli bog‘liqliklarni uzadigan» korxonalarni aniqlash va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat»  uyushmasining 2018 yil 10 apreldagi BSh-02-18/585-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida Buxoro viloyatidagi ipakchilik korxonalarining innovatsion guruhi tashkil etilgan va undagi «zanjirli bog‘liqliklarni uzadigan» korxonalar aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish