Toshmirzaev Qodirjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Paxta xomashyosini quritishning resurstejamkor texnologik uskunasini ishlab chiqish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4269
Ilmiy rahbar: Nazirov Rahmatjon Rasulovich, texnika fanlari nomzodi, k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharipjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymanov Rustam Shinnikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani barabanli quritgichini ixchamlashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish bilan uning texnologik jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxtani quritish jarayonida energiya va resurs tejashni ta’minlash va ish unumdorligini 6 t/soatdan kam bo‘lmasligi shartidan barabanli quritgichning diametri 2 m, uzunligi 6 m ga teng rolikli - yuritmali konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan;
barabanli quritgichning rolikli yuritmasini sirpanishsiz xarakatini ta’minlash shartidan zanjirli uzatmani etaklovchi va etaklanuvchi yulduzchalarni parametrlari va xarakatni uzatish nisbatlarini matematik modeli olingan;
barabanli quritgichni maksimal aylanish tezligini 10 ayl/daq bo‘lishi shartidan etaklanuvchi yulduzchani diametri 2100 mm, etaklovchi yulduzchani diametri 291 mm, xarakatni uzatish nisbati 7 ga teng va etaklanuvchi va etaklovchi yulduzchalar o‘qlarli orasidagi maqbul masofa aniqlangan;
maksimal ish unumdorligida barabanli quritgichning korpusi ichida doimiy bo‘luvchi paxta miqdorini hisobga olgan holda zanjirli uzatmani elektr dvigatelini o‘rnatilgan quvvati 7,5 kVt ga teng bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani quritish uchun barabanli quritgichning takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik hajmli resurstejamkor zanjirli uzatmali paxtani barabanli quritgichining takomillashtirilgan namunasi Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Costa line holding” MChJ QK klasteriga qarashli paxta tozalash korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2024 yil 22 apreldagi №03/22-170-son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan kichik hajmli resurstejamkor zanjirli uzatmali paxtani barabanli quritgichining takomillashtirilgan namunasining foydalanish samarasini oshishi evaziga quritilayotgan paxtadan olinadigan namlik miqdori 2,0-2,5 % bo‘lishiga erishilgan hamda quritish barabanining hajmi kichraygani hisobiga tannarxini kamayishi, elektr energiya va tabiiy metan gaz sarfini kamayishi natijasida korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 266,2 mln. so‘mni tashkil etgan.