Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped67.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Sidiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Bazarova Saodat Djamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorlanganlik mezonlari (ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik-psixologik) mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) asosida aniqlashtirilgan;
kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari fizika faniga oid umumlashtirilgan (pedagogik kuzatish, tadqiqotchilik, ilmiy tasavvur, materiallarni tizimlash) va kengaytirilgan (masalalar echish, rivojlantirish, tatbiq etish) empirik tushunchalar hamda amaliy va nazariy bilimlarga tizimli yo‘naltirish yondashuvi asosida takomillashtirilgan;
metodik tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi komponentlari (rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish) predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash (topshiriq, nazorat, tahlil) asosida takomillashtirilgan;
fizika ta’limining axborot-metodik ta’minoti integrativ didaktik vositalar (integrativ resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, intellektual o‘yinlar)ning faollashtiruvchi imkoniyatlari (fikrlash, moslashuv, anglash, bilish) asosida takomillashtirilgan;
fizika fani bo‘yicha pedagogik faoliyatga tayyorlashda modulli texnologiyadan foydalanish imkoniyatlari o‘zini o‘zi rivojlantirish, nazorat qilish, tahlil metodlarining dominant funksiyalari (fundamental, qat’iy, o‘zgarmas) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak fizika o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda fizika sohasidagi kasbiy kompetentligi asoslari «O‘zStandart» agentligining 2015 yil 30 oktyabrdagi 5923-sonli qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 iyuldagi 89-03-2661-son ma’lumotnomasi). Kasbiy kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining metodik tayyorlanganlik mezonlari, kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari, fizika faniga oid umumlashtirilgan va kengaytirilgan empirik tushunchalar hamda amaliy va nazariy bilimlarni tizimlashtirishga oid takliflaridan oliy ta’lim tizimida pedagogik qobiliyatlar mahorat professiogrammasini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 iyuldagi 89-03-2661-son ma’lumotnomasi). Mazkur professiogramma fizikaga oid fanlar bo‘yicha malaka talablari, fan dasturlarini ishlab chiqish, bo‘lajak fizika o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini zamonaviy talablar darajasida takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari, tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi, predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalashga oid takliflaridan ITD-1 raqamli «Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari» mavzusidagi amaliy loyihani bajarish va joriy etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3431-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijada fizika fani o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish mexanizmini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
fizika ta’limining axborot-metodik ta’minoti, integrativ didaktik vositalari, faollashtiruvchi imkoniyatlar, modulli texnologiyadan foydalanish, o‘zini o‘zi rivojlantirish, nazorat qilish, tahlil metodlarining dominant funksiyalariga oid takliflar asosida «Fizikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 89-03-3942-son ma’lumotnomasi). Ushbu darslik fizika ta’lim samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak fizika o‘qituvchilari uchun metodik tayyorgarligini boyitish, fizikaviy bilimlar berish jarayonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.